Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Davlat va huquq 
nazariyasining 
ijtimoiy va yuridik 
fanlar tizimidagi 
o‘rni hamda 
ahamiyati
4-§.


29
I bob.
 Davlat va huquq 
nazariyasining prеdmеti va mеtodi
yasi fani to‘plagan bilimlar, ma’lumotlar falsafaning obyektiv qonunlarni ochi-
shi va umumiy kategoriyalarni ishlab chiqishi uchun amaliy ma’lumot bo‘lib 
xizmat qiladi. Davlat va huquq nazariyasi o‘z mavzusini tahlil etish chog‘ida 
falsafaning «munosabat», «erkinlik», «jarayon», «funksiya», «butun va qism», 
«sistema», «evolyutsiya», «taraqqiyot», «aloqadorlik», «mohiyat», «shakl» kabi 
tushuncha va kategoriyalaridan keng foydalanadi
1
. Mazkur fanlar yaratadigan 
bilimlar o‘zaro bir-biriga singib ketadi.
Davlat va huquq zohir bo‘lishining falsafiy talqini hozirgi davrda alohida 
dolzarblik kasb etmoqda. Huquqshunoslik bilan falsafa hamkorligi zamirida 
«huquq falsafasi» degan yangi ilmiy yo‘nalish shakllanmoqda. Davlat va huquq 
hodisalarini falsafa kategoriyalari va qonuniyatlari nuqtayi nazaridan talqin 
etish huquqshunoslik fani rivojida yangi ufq va marralar ochishi shubhasizdir
2

Tabiiyki, davlat va huquq nazariyasi huquq falsafasi fani bilan ham o‘zaro uzviy 
hamkorlik qiladi. 
Shunday qilib, falsafa fani davlat va huquq nazariyasi uchun poydevor 
bo‘lib, metodologik asos vazifasini bajaradi, davlat va huquq nazariyasi esa
falsafa shu jumladan, huquq falsafasi uchun aniq hayotiy ma’lumotlar manbayi 
vazifasini bajaradi.
Iqtisodiy fanlar hamda davlat va huquq nazariyasi. Iqtisodiy fan-
lar ishlab chiqarish munosabatlari tizimi, xo‘jalik hayotini tashkil etish, tad-
birkorlik, mehnat, moliya, kredit kabi masalalarni o‘rganadi. Davlat va huquq 
nazariyasi esa, davlat va huquqni o‘zining asosiy predmeti deb hisoblaydi va 
ularning iqtisodiy funksiyalarini tahlil etadi. Iqtisodiy fanlar hamda davlat va 
huquq nazariyasining o‘zaro aloqasi davlat va huquqning iqtisodiyotga qanchalik 
bog‘liq ekanligi va ta’sirini aniqlashga imkon beradi.
O‘zbekistonda mustaqil taraqqiyot yillarida barpo etilayotgan yangi 
jamiyat asoslangan tamoyillardan biri «iqtisodning siyosatdan ustunligidir». Bu 
tamoyil davlat va huquq sohasiga ham taalluqlidir. Ya’ni, davlat va huquqning 
mazmuni hamda mohiyati iqtisodiy munosabatlar tizimi, jamiyatning iqtisodiy 
tuzimi tomonidan belgilanadi. Bir tomondan, davlat va huquq iqtisodiy islo-
hotlar amalga oshishini ta’minlaydi, ikkinchi tomondan, iqtisodiyotning rivoj 
topishi davlat hokimiyati va huquqning moddiy asosini mustahkamlab, ularning 
mazmun-mohiyatini o‘zgartiradi, boyitadi. Jamiyat taraqqiyotining ko‘p asrlik tajri-
basi shundan guvohlik beradiki, iqtisodiyotning muayyan shakli(tipi)ga davlat 
va huquqiy tizimning shunga xos ma’lum shakli (tipi) (davlat va huquqning 
quldorlik, feodal, burjua yoki boshqa tipi) muvofiq keladi.

Qarang: Марченко М.Н. Теория государства и права. – М., 2008. – 28-bet.

Оdilqoriyev Х.T. Yuridik fanlarning ijtimoiy vazifasi va rivojlanish istiqbollari // Yuridik fanlarni 
rivojlantirishning dolzarb muammolari. – T., 2006. – 110-bet.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling