Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Siyosatshunoslik hamda davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Siyosatshunoslik hamda davlat va huquq nazariyasi. Siyosatshunos-
lik fani siyosat, uning shakllari, siyosiy jarayonlar va siyosiy birlashmalar
jumladan, siyosiy partiyalar, siyosiy hokimiyatga va davlat hokimiyatiga 
erishish vositalari, fuqarolik jamiyati, davlat va shaxsning o‘zaro munosabati 
kabi hodisalarni o‘rganadi. Siyosatshunoslik inson siyosiy madaniyatini ijti-
moiy-siyosiy munosabatlar tizimi, ya’ni fuqarolarning huquq va erkinliklarini 
amalga oshirilishi orqali o‘rganadi.


31
I bob.
 Davlat va huquq 
nazariyasining prеdmеti va mеtodi
Davlat va huquq nazariyasining siyosatshunoslik fani bilan bog‘liqligi 
har ikkala fanning ham bir obyektni, ya’ni jamiyat siyosiy tizimining muhim 
elementi bo‘lmish davlat va huquqni ilmiy jihatdan tadqiq etishida yaqqol 
ko‘zga tashlanadi. Bunda davlat va huquq nazariyasi davlat va huquqning 
vujudga kelishi, rivojlanishi, amaliy faoliyatining umumiy qonuniyatlarini 
o‘rgansa, siyosatshunoslik fani davlat va huquqiy siyosatni, aniqrog‘i, jami-
yatda yuz berayotgan siyosiy hodisalar va jarayonlarni, ya’ni siyosat nazari-
yasi va amaliyotini o‘rganadi. Ularning har ikkalasi bir predmet – davlat va 
huquqni, davlatning ichki va tashqi siyosatini har tomonlama, ayni vaqtda 
turli jihatlarini o‘rganadi, ilmiy tadqiqotlar natijasida olingan bilimlar bilan 
bir-birini to‘ldiradi. Pirovardida, siyosatshunoslik fani o‘zining keng qamrov-
liligiga ko‘ra, davlat va huquq nazariyasi fani uchun muhim asoslardan biri 
bo‘lib xizmat qiladi.
O‘z navbatida, siyosatshunoslik fani ham davlat va huquq nazariyasi 
to‘playdigan bilimlardan foydalanadi. Masalan, fanimizning «davlat», «davlat 
mexanizmi», «siyosiy hokimiyat», «siyosiy va davlat rejimlari», «siyosiy parti-
yalar faoliyatini huquqiy tartibga solish» tushunchalariga bergan ta’riflaridan 
siyosatshunoslik fani ham keng bahramand bo‘ladi. 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling