Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Nazariy bilish (evristik)


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Nazariy bilish (evristik)
1
 funksiyasi. Davlat va huquqni bilish turli 
darajada bo‘lishi mumkin. Ba’zan u davlat va huquqni izohlash yoki tushunti-
rishdangina 
(ontologik funksiyadan) iborat bo‘ladi. Lekin davlat va huquq 
nazariyasi bu bilan cheklanmaydi, balki o‘rganilayotgan obyektning mohiya-
tiga chuqur kirib borish orqali yangi qonuniyatlarni ochadi, yangi bilimlarni 
hosil qiladi. Masalan, davlat va huquq rivojlanish qonuniyatlarining ochilishi, 
1
«Evrika» – yunoncha so‘z bo‘lib, «topdim» degan ma’noni anglatadi. Biz uni davlat va huquq 
nazariyasi tomonidan yangi bilimlarni hosil qilish, yangi хususiyatlarni aniqlash, ilmiy haqiqatni topish 
ma’nosida qo‘llamoqdamiz.
Davlat va huquq 
nazariyasining 
funksiyalari
5-§.
3–18-8


34
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
davlatning iqtisodiy rolini izohlash, huquqiy tartibga solishning yangi 
mexanizmlarini shakllantirish va hokazo.
Nazariy bilish funksiyasini amalga oshirish tufayli davlat va huquq 
nazariyasi davlat-huquqiy voqeliklarni chuqur va mukammal o‘rganish asosida 
ularning xarakterli belgilari va muhim xususiyatlarini ta’riflab beradi. Davlat 
va huquqni xuddi shu tarzda tadqiq etish davlat va huquqning kelgusi rivojlanishi 
haqida ilmiy bashoratlar qilish imkoniyatini beradi. Umuman olganda mazkur 
fan ilmiy-huquqiy dunyoqarashni shakllantirish funksiyasini bajaradi.
Metodologik funksiya. Davlat va huquq nazariyasi yuridik fan sohala-
riga nisbatan 
metodologik funksiyani bajaradi. Chunki, har qanday metod – 
amaliy izlanishga yo‘naltirilgan nazariyadir. Nazariya fani voqelikni qanchalik 
to‘g‘ri aks ettirsa, u bilishning metodi sifatida shunchalik samarali bo‘ladi. 
Davlat va huquq nazariyasi davlat, huquq, qonunchilik, huquqiy munosabat
huquqiy javobgarlik kabi tushunchalarni ishlab chiqadi. Mazkur nazariy 
tushunchalar tizimi davlat va huquqqa oid masalalar haqida yangi ilmiy 
bilimlarni yaratish uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun ham 
davlat va huquq nazariyasi ishlab chiqqan ilmiy tushunchalar, kategoriyalar, 
ta’riflar, prinsiplar va qoidalar huquq sohalarini o‘rganuvchi boshqa fanlar 
uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling