Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

44
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
Shunday qilib, qon jihatidan yaqin bir necha oilalarning ittifoqi ibtidoiy 
urug‘ jamoasi hisoblanadi. Bunday urug‘lar ekzogam oilaviy munosabatlar 
mavjudligining natijasi edi. Urug‘lar tabiiy shart-sharoitlari hayot kechirish uchun 
qulay bo‘lgan hududlarni, masalan, o‘rmonlar, daryo va ko‘l havzalarining 
bo‘ylarini makon qilib joylashishga (o‘troqlashishga) intilganlar. Shunday qulay 
maskanlar uchun urug‘lar o‘rtasida urushlar, talashib-tortishishlar bo‘lib 
turgan.
Tabiiy qulay maskanlarga ega bo‘lish uchun tez-tez bo‘lib turadigan 
urushlar urug‘larning o‘zaro ittifoqlar tuzishiga sabab bo‘lgan. Hududiy yaqinlik, 
qon yaqinligi va tillashuv imkoniyatlari asosida urug‘lar birlashib, 
fratriyalar-
ni, kuriyalarni (urug‘ ittifoqlarini), bir necha fratriyalar, kuriyalar birlashib 
qabilalarni tashkil etardi. So‘ngra, vaziyat taqozo qilganda qabilalar ittifoqi 
vujudga kelgan.
Kishilarning bunday katta uyushmalarining, jamoalarining birgalikda-
gi turmush kechirishini tashkil etish u yerda muayyan boshqaruv mavjud 
bo‘lishini taqozo qilardi. Boshqaruv ehtiyoji esa ma’lum ijtimoiy hokimiyat 
tizimi shakllanishiga sabab bo‘lgan.
Tashqi bosqinchiliklardan himoyalanish, hududni muhofaza etish, ishlab 
chiqarish, sug‘orish va dehqonchilik ishlarini unumli tashkil etish, jamoaning 
ichki va tashqi aloqalarini olib borish, diniy urf-odatlarni amalga oshirish, ja-
moa a’zolari o‘rtasida vujudga keluvchi nizoli masalalarni hal etish, umuman 
urug‘ni, qabilani boshqarish kabi muhim vazifalarni bajarish jamoa a’zolari 
orasidan saylab qo‘yiladigan oqsoqollarga yuklatilgan. 
Qabila va fratriyalar 
oqsoqollar kengashi tomonidan boshqarilardi. Urug‘ 
tepasida urug‘ning umumiy yig‘ilishida katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan va 
ko‘pchilik hurmatini qozongan shaxslardan saylab qo‘yiladigan oqsoqollar yoki 
harbiy boshliqlar turardi.
Urug‘chilik tuzumining iqtisodiy munosabatlariga urug‘ ishlarini boshqa-
rish tizimi va ijtimoiy hokimiyatni tashkil etish tartibi mos kelardi. Bu sha-
roitda hokimiyat butun jamiyatga tegishli edi. Hokimiyat jamiyatdan ajratilgan 
emas, balki unga muvofiq edi. Birgalikda hayot kechirishning hamma masa-
lalari: ishlab chiqarish faoliyati, urush olib borish, diniy marosimlar o‘tkazish, 
kishilar o‘rtasidagi nizolarni hal qilish va boshqalar urug‘ a’zolarining umumiy 
yig‘ilishida qarab chiqilar va hal etilardi. Urug‘ a’zolarining majlisi (umumiy 
yig‘ilishi) uning oliy hokimiyat organi edi. Oqsoqollar va harbiy boshliqlar hech 
qanday imtiyozlardan foydalanmasdilar, alohida boshqarish yoki majbur etish 
apparatlariga ega emas edilar va ularning qo‘llaridagi hokimiyat birdan-bir 
shaxsiy ma’naviy obro‘lariga hamda barcha urug‘ a’zolarining ularga bo‘lgan 
hurmati va qo‘llab-quvvatlashlariga tayanardi. F. Engels bu haqda shunday deb 



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling