Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

43
II bob.
 Davlat va huquqning
vujudga kеlishi
lodlari o‘rtasidagi aloqalarning eng tabiiy va odatiy shakli bo‘lganligi bois, 
bu oilaviy (nikoh) munosabatlarida o‘z ifodasi, namoyon bo‘lishini topgan. 
Ilmiy manbalarda ibtidoiy-jamoa tuzumining mavjudlik davri uch bosqichga 
bo‘linadi: ibtidoiy poda, urug‘ jamoasi va urug‘chilikning yemirilishi davri. 
Bu davrlarning oila evolyutsiyasiga aloqasi bevositadir. Odam ajdodlari uzoq 
davr mobaynida to‘da-to‘da bo‘lib, ibtidoiy poda shaklida yashaganlar. Yovvoyi 
odamlarning dastlabki guruhlari daydi ko‘chmachilik holatida hayot kechirgan-
lar, ba’zan, g‘orlarda, o‘rmonlarda yoki qishloq sharoitida umr kechirganlar. 
Bunday sharoitda oilaviy aloqalar betartib ko‘rinishga ega bo‘lganligi tabiiy. 
Demak, insonlarning Yer yuzida tarqalishining dastlabki pallasida oilaning 
po-
ligam shakli hukm surgan. Bu guruhiy oilaviy (nikoh) munosabatlari bo‘lib, 
unda barcha erkaklar va ayollar (shuningdek, ota-onalar va farzandlar) bir-
birlariga tegishli bo‘lganlar. Bunday oilalarda bolaning otasi kimligini bilish va 
aniqlash mumkin bo‘lmagan. Farzandlar butun guruhning, jamoaning umumiy 
bolasi hisoblangan. Oilaga, urug‘ga mansublik ona tomonidan belgilangan. 
Shu bois Matriarxat – ona hukmronligiga asoslangan urug‘, oila shakllangan. 
Oilaning birinchi shakli guruhiy oila bo‘lib, u qon-qarindoshlik asosidagi 
(«endogam») oila edi. Bunda ota-onalar bilan farzandlar o‘rtasidagi nikoh man 
etildi. Biroq, aka-singillar o‘zaro er va xotin bo‘lishlari mumkin edi. Uzoq davr-
lar qon-qarindoshlikka asoslangan oilalarning mavjud bo‘lishi bir necha avlod 
o‘tgach, o‘zining salbiy qusurlarini ko‘rsatadi, avvalo, bu nasl salomatligiga 
ta’sir etib, uning tobora zaiflashib borishi kuzatiladi, murakkab tabiiy sha-
roitga moslasha olmay odamlar ko‘plab qirilib keta boshlaydi, ishlab chiqa-
ruvchi kuchlarning keskin kamayib ketishi va oqibatda moddiy ne’matlar ishlab 
chiqarilishi sur’atlari pasayib ketishi kabilarga olib keldi. Shu tariqa, guruhiy 
nikohning (oilaning) yangi shakli – 
punalual oila paydo bo‘ladi. Bir onaning 
farzandlari o‘rtasidagi, aka-singillar o‘rtasidagi nikohlar ham man etilgan. Bu 
«ekzogam» shakldagi oila – ona urug‘ining shakllanishiga asos soladi, unda 
ayol (ona boshining) qarindoshlari o‘rtasida rishta bog‘langan. Keyinchalik bir 
urug‘ a’zolari o‘rtasidagi nikohlar ham taqiqlanadi.
Muayyan tarixiy rivojlanish davrida chorvachilik, omoch bilan yer haydab 
dehqonchilik qilish keng yoyilishi erkaklarning mehnat jarayonidagi aha-
miyatini oshiradi. Bu hol matriarxat o‘rniga oilada ota hukmronligi (patriarxat)
ni keltirib chiqaradi. Endi qon-qarindoshlik, avlod davomiyligi ota tomondan 
belgilanadigan bo‘ldi. Bu – insoniyat rivojidagi yangi bosqich. Guruhiy nikoh 
o‘rniga 
juft oila shakli paydo bo‘ladi. Bunda tuqqan ona qatorida tug‘ishgan 
ota ham aniq bo‘ladi. Navbatdagi bosqichda juft oilaning ota hukmronligi us-
tun bo‘lgan shakli o‘rin oladi. Urug‘chilik tuzumining yakuniy bosqichida ota-
lar hukmron oilalar, ota urug‘i, patriarxal jamoa qaror topadi.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling