Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

51
II bob.
 Davlat va huquqning
vujudga kеlishi
yaratishni taqozo etgan. Bunday qurilish ishlarini tashkil etish, unga aholini 
safarbar etish zaruriyati o‘ziga xos uyushtiruvchi, tashkilotchilik qiluvchi, 
nazorat va majburlovni amalga oshiruvchi tuzulmalar shakllanishiga turtki 
bergan.
Yevropa mintaqasidagi davlatlarning paydo bo‘lishi shu yerning tabiati va 
tarixiga mos bo‘lgan. Qadimgi greklarda davlat urug‘chilik jamoasining tarixiy 
evolyutsiyasi, ichki ziddiyatlar va kelishmovchiliklar natijasida sof tarzda kelib 
chiqqan. Rimliklarda patritsiy (zodagon)lar bilan plebeylar (kambag‘allar, fuqa-
rolikka ega bo‘lmaganlar) o‘rtasidagi kurash davlat kelib chiqishining asosiy 
sababi bo‘lgan. German qabilalarida davlat ularning boshqa hududlarni bosib 
olishi va uni boshqarish ehtiyoji ta’sirida paydo bo‘lgan.
Davlat paydo bo‘lishining usullarini ilmiy asoslash va izohlashga urinib, 
F. Engels davlat kelib chiqishining tipik uchta shaklini ajratib ko‘rsatadi: Afi-
nada, Qadimgi Rimda va Germanlarda davlatning kelib chiqishi.
Afinada davlat urug‘doshlik tuzumining umri tugab, jamiyat ichki zid-
diyatlarga duch kelishi natijasida sof, klassik tarzda, ya’ni tarixiy evolyutsiya-
ning qonuniyatli mahsuli sifatida paydo bo‘ldi. Bu yerda davlat tuzilmalarining 
rasmiylashuvida Tezey, Solon va Klisfenlarning islohotlari asosida bosqichma-
bosqich yuz berdi.
Tezey markaziy hokimiyatni ta’sis etadi va aholini urug‘larga mansubligi-
dan kelib chiqib, uch sinfga bo‘ladi: evpatridlar (yuqori zodagonlar), geomor-
lar (yer egalari) va demiurglar (hunarmandlar). Zodagonlarga yuqori va o‘rta 
lavozimlarni egallash huquqi berildi.
Solon xususiy mulkni qonuniy rasmiylashtirdi; mulkiy senz (er egaligi-
ning hajmi va daromadliligi) asosida fuqarolarni to‘rt sinfga bo‘ladi. Uchta 
yuqori qatlam vakillari boshqaruv lavozimlarini egallashlari mumkin edi. Eng 
mas’uliyatli mansablarni birinchi sinf vakillari egallay oladi. To‘rtinchi sinf 
kishilar xalq majlisida ishtirok etadi va ovoz beradi.
Klisfen Attikaning hududini yuzta o‘zini o‘zi boshqaruvchi jamoa-okrug 
(dem)larga bo‘ladi, ular tepasida oqsoqol (demarx)lar turadi. Bu islohot nati-
jasida davlat organlari rasmiylashtirildi.
Qadimgi rimliklarda davlat Rimning tub aristokratiyasi bo‘lgan patritsiy-
lar bilan kelgindi, huquqsiz, jamiyat boshqaruvida ishtirok etishdan mahrum 
plebeylar o‘rtasidagi ayovsiz va murosasiz kurash natijasida vujudga keladi. 
Rimda ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi va quldorlik davlatining shakllani-
shi eramizdan avval 753-yildan (Rim shahriga asos solinishidan) to miloddan 
avvalgi 509-yillar oxirigacha (Rim podshosi Tarkviniy Superbning badarg‘a etil-
gungacha) bo‘lgan davr. Rim davlati tarixan quyidagi davrlarni bosib o‘tgan: 
respublika davri (miloddan avvalgi V – I asrlar) va imperiya (monarxiya) 



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling