Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
Urug‘chilik tuzumi-
ning yemirilishi. Davlat va huquq- ning kelib chiqishi 3-§. 48 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi di. Mehnatning samarali va unumli bo‘lishi esa, kundalik ehtiyojdan ortiqcha qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarilishiga olib keldi. Chorva mollari dastlab ayrim oila va shaxslarning boyligini tashkil etdi. Keyinchalik ayirboshlash vositasiga aylandi. U asta-sekin kollektiv mulkchilikni siqib chiqardi, xususiy xo‘jalik va ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilikni keltirib chiqardi. Mahsulot ishlab chiqarishning ortishi kundalik mehnat miqdorini ham ko‘paytira bordi. Yangi ish kuchini jalb etishga ehtiyoj tug‘ildi. Urushda asir olinganlar qulga aylantirila boshlandi. Shunday qilib, xususiy mulk kelib chiqdi va jamiyat sinflarga bo‘lindi. Keyinchalik, metall asboblar quyish va qulolchilik hamda to‘qimachilikning rivojlanishi ijtimoiy mehnatda ikkinchi yirik bo‘linishga – dehqonchilikdan hunarmandchilikning ajralib chiqishiga olib keladi. Alohida gruppa kishilar turli xil mehnat qullari va uy anjomlari tayyorlash bilan shug‘ullana boshlay- dilar. Endi hunarmandchilikda ixtisoslashish avj oladi. Dehqonlar ham, chorva- dorlar ham, hunarmandlar ham mahsulotini bevosita ayirboshlash uchun ishlab chiqara boshlaydi, ya’ni tovar xo‘jaligi bilan birga savdo-sotiq rivojlanadi. Kishilik jamiyatining bu tariqa rivojlanishi uchinchi yirik ijtimoiy mehnat taqsimotiga olib keladi. Sivilizatsiya ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmasdan, faqat mahsulotlarni ayirboshlash bilan mashg‘ul bo‘ladigan toifani – savdogarlar qatlamini vujudga keltiradi. F. Engelsning aytishicha, endilikda birinchi marta shunday bir sinf paydo bo‘ldiki, u ishlab chiqarishda hech bir ishtirok etmasa ham, ishlab chiqarishga rahbarlik ishini umuman va butunlay o‘z qo‘liga oladi va ishlab chiqaruvchilarni iqtisodiy jihatdan o‘ziga itoat qildiradi, har ikki ish- lab chiqaruvchi o‘rtasida yo‘qotib bo‘lmaydigan vositachiga aylanadi va ularning har ikkisini ekspluatatsiya qiladi. Bu davrga kelib yer ham xususiy mulkka aylanadi, boyliklar ozchilikni tashkil etgan ekspluatatorlar sinfi qo‘lida to‘planishi tezlashadi, shu bilan birga kambag‘allar soni ham o‘sib boradi. Jamoaviy mulk o‘rniga kelgan xususiy mulk pirovard natijada mulkiy tengsizlikni yuzaga chiqarib, jamiyatni antagonistik sinflarga bo‘lib yubora- di. Endi jamiyatni boshqarishning urug‘ – qabiladoshlik formasi bularning hammasini o‘z ichiga sig‘dira olmasdi. Urug‘doshlik tuzumining umri tugadi. Mehnat taqsimoti va uning oqibati – jamiyatning sinflarga bo‘linishi natijasida urug‘doshlik jamiyati yemirildi. Urug‘doshlik tuzumi o‘rnini davlat oldi. Ekspluatatsiyaning, ezishning va sotsial tengsizlikning birinchi klassik formasi – qulchilik vujudga keldi. Oqsoqollar va harbiy boshliqlar hokimiyati quldorlik davlat hokimiyati bilan almashindi (ba’zi xalqlarning ibtidoiy tuzum- dan feodal tuzumiga o‘tganligini yodda tutish lozim). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling