Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
50
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi larga chuvalib qolganligini, murosasiz qarama-qarshiliklarga bo‘linganligini, bu qarama-qarshiliklardan qutulishga qodir emasligini e’tirof qilishdir. Ammo bu qarama-qarshiliklarning, ya’ni birining iqtisodiy manfaatlari ikkinchisining iqtisodiy manfaatlariga zid bo‘lgan sinflarning samarasiz kurashda birini biri va jamiyatni yeb qo‘ymasligi uchun, aftidan, jamiyat tepasida turadigan, uni «tartib» chegarasidan chiqarmaydigan kuch zarur bo‘lib qolgan jamiyatdan kelib chiqqan, lekin o‘zini jamiyatdan yuqori qo‘yadigan, borgan sari jamiyat- dan chetlashib boradigan bu kuch – davlatdir!!!» 1 . Davlatning paydo bo‘lishi bilan bir vaqtda huquq ham vujudga keladi. U davlat singari ekspluatatorlarning manfaatlarini himoya qilish uchun, sotsial tengsizlikni mustahkamlash uchun, ekspluatatsiya qilinuvchilarni «tar- tib» doirasida ushlab turish uchun paydo bo‘ldi. Kuchli ziddiyatlar sharoitidagi munosabatlarni tartibga solish uchun ibtidoiy odat normalari yaroqsiz bo‘lib qoldi. Yangi tarixiy sharoitda faqat hukmron guruh irodasini ifodalovchi nor- malar zarur edi. Huquq xuddi ana shunday normalar yig‘indisi edi. Ko‘pgina odat qoidalari hukmron sinf irodasiga moslashtirildi. Masalan, qadimgi Rimdagi XII jadval qonuni, qadimgi Bobildagi «Xammurapi qonunlari» buning misoli bo‘la oladi. Davlat organlari va boshliqlarining aktlari, adliya va sud or- ganlarining qarorlari huquq sistemasini yaratishning manbayi edi. Bu huquqiy hujjatlarda xususiy mulk mustahkamlanadi, qullar mehnatidan foydalanish va qullarning huquqsizlik holatini mustahkamlovchi, ularni rasman «gapiruvchi mehnat qurollari» deb hisoblovchi qonun-qoidalar yaratiladi. Huquq ibtidoiy jamiyatdagi sotsial normalardan farq qiladi: birinchidan, huquq butun jamiyatning emas, balki hukmron elitaning qo- nun darajasiga ko‘tarilgan erkin bo‘lib, uning mazmuni shu qatlamning mod- diy hayot sharoiti bilan belgilanadi; ikkinchidan, huquq faqat davlat organlari tomonidan o‘rnatiladi yoki sanksiyalanadi; uchinchidan, huquq lozim bo‘lgan choqda davlatning zo‘rlik va majbur- lash kuchi bilan ta’minlanadi. Davlat kelib chiqishining shakllari. Yer kurrasida davlatning pay- do bo‘lishi, shakllanishi va rivojlanishi bir qator umumiy qonuniyatlarga bo‘ysunish asosida yuz bersa-da, davlat turli mintaqalarda, turli xalqlarda har xil shakllarda vujudga kelgan. Qadimgi Sharqda davlatning kelib chiqishi- ga murakkab tabiiy shart-sharoitlar, ayniqsa suv tanqisligi ta’sir o‘tkazgan. Masalan, qadimgi Misr, Bobil, Xitoy va Hindistonda sug‘oriladigan dehqon- chilik bilan shug‘ullanish ehtiyoji katta va murakkab irrigatsiya tizimlarini 1 Marks K. va Engels F. Ikki tomlik tanlangan asarlar, «O‘zdavnashr», 1959. II tom. – 348–349-betlar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling