Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
52
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi davri – miloddan avval 27-yildan milodning 476-yiligacha. Xuddi shu yili Rim davlati germanlar (frank) qabilalari tomonidan bosib olingan. Qadimgi german qabilalarida davlat o‘zining yemirilish pallasiga kir- gan Rim imperiyasining ulkan hududlarini bosib olish, istilo qilishdan so‘ng uni boshqarish ehtiyoji natijasida kelib chiqdi. Germanlardagi o‘sha davrdagi urug‘chilik tuzumiga xos hokimiyat organlari Rimni boshqarishga moslash- magan edi. Bu holda ommaviy hokimiyatning boshqacha tuzilmasi, tashki- loti zarur edi. Ya’ni, zabt etilgan jamiyat ustidan turadigan va keng qamrovli boshqaruv apparatidan iborat davlat kerak edi. Yana bir muhim masalaga e’tibor qaratish lozim. Agar Afina va Rim – quldorchilik tipidagi davlatlar bo‘lgan bo‘lsa, Germanlar davlati – feodal tip- dagi davlat bo‘ldi. Sababi quldorchilik tuzumi Rimda o‘z umrini o‘tab bo‘lgan edi. U yerda feodal ishlab chiqarish munosabatlari kurtak ota boshlagan edi. Bu jamiyatni endi eskicha qulchilikka asoslangan tuzilmalar bilan boshqarib bo‘lmasdi. Jamiyatni boshqarishning ibtidoiy tash- kil etilishi tartibi barham topib, uning o‘rnini davlat tashkiloti egallashi insoniyat aqlini qadim zamonlardan to hozirgacha band etib kelmoqda. Turli xalqlarda davlatning har xil shakllarda paydo bo‘lganligi fakti ham davlat va huquqning kelib chiqishiga oid ko‘plab nazariyalarning, ta’limotlarning yara- tilishiga sabab ekanligini e’tirof etish joiz. Biroq, nazariyotchilar, olimlar davlat kelib chiqishining umumiy qonuniyatlari va xususiyatlarini anglashga intiladilar. Avstriyalik davlatshunos L. Gumplovichning ta’biricha, basharti davlat tushun- chasi, ko‘pincha siyosiy tendensiyalarni ifodalash, siyosiy dasturlarni tasvirlash va siyosiy maqsadga erishish uchun bayroq sifatida xizmat qilgan bo‘lsa, dav- latning vujudga kelishi to‘g‘risidagi tarixiy masalada ham xuddi shunday buzilishlarga yo‘l qo‘yilgan. Ko‘p hollarda «oliy g‘oya»lar yo‘lida u buzilgan tarzda talqin etilgan. Davlatning vujudga kelishi to‘g‘risidagi sof masala muay- yan g‘oya ustida qurildi, ma’lum ehtiyojlardan kelib chiqib izohlandi, boshqacha aytganda, muayyan amaliy va axloqiy motivlardan kelib chiqib tushuntirildi. Ularning talqinicha, axloq va inson qadr-qimmatini saqlab turish uchun dav- latning haqiqiy, tabiiy kelib chiqishini yashirish, buning o‘rniga ko‘pchilikka ma’qul bo‘lgan biron-bir ochiq-oshkora va gumanitar ta’limotni taqdim etish joiz 1 . 1 Гумплович Л. Общее учение о государстве. СПб., 1910. – 47-bet. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling