Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Huquqning paydo bo‘lishiga oid nazariyalar


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Huquqning paydo bo‘lishiga oid nazariyalar. Bu boradagi nazari-
yalarning o‘ziga xos alohida xususiyatlari bo‘lsa-da, ular davlatning kelib chiqi-
shi to‘g‘risidagi konsepsiyalar bilan uzviy bog‘liq. Aksariyat hollarda huquqning 
yaratilishi huquqning tabiati, mohiyati, ijtimoiy vazifasi va huquqiy tartibga 
solish muammolari bilan bog‘liq holda tahlil etiladi.
Huquq kelib chiqishining 
teologik talqini. Bu nazariya huquqning man-
bayini abadiy bo‘lgan xudoda, uning irodasi va oliy ongi, azmu-ixtiyorida deb 

Qarang: Трубецкий Е.Н. Лекции по энциклопедии права. – М., 1917. – 212–226-betlar.


60
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
hisoblaydi. Ayni vaqtda, huquqda tabiiylik va insoniylikka oid jihatlar ham 
mavjudligini inkor etmaydi. Din mutafakkirlarining fikricha, huquq – Xudo to-
monidan berilgan ezgulik va adolat san’atidir. Teologik ta’limot birinchilardan 
bo‘lib huquqni yaxshilik va adolat bilan bog‘ladi. Biroq, bu ta’limot ilmiy dalil-
larga emas, balki ishonch va e’tiqod mezonlariga tayanib ish ko‘radi.
Tabiiy huquq nazariyasi. Mazkur nazariyaning alohida qoidalari 
miloddan avvalgi V-IV asrlarda Qadimgi Yunonistonda faoliyat yuritgan sofist-
lar tomonidan rivojlantirilgan. Sofistlarning fikricha, insonlar paydo bo‘lishlari 
bilan hech qanday qoidaga rioya qilmasdan yashaganlar, ammo keyinchalik 
o‘zlarining xavfsizliklarini ta’minlash, o‘zaro birlashib yashash uchun turli xil 
qoidalarni ishlab chiqishga majbur bo‘lganlar. 
Qadimgi yunon faylasuflari Suqrot, Aflotun va Arastularning nuqtayi 
nazariga ko‘ra hamma qonunlar ham insonlar tomonidan qat’iy ravishda yara-
tilgan emas. Insonlar tomonidan yaratilgan qonunlardan tashqari «insonlar 
qalbida joylashgan ilohiy qonunlar ham mavjud». Boshqacha qilib aytganda, 
inson irodasiga bog‘liq ravishda yaratilgan qonunlar, ya’ni davlat tomonidan 
chiqarilgan qonunlardan tashqari, inson xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lmagan qo-
nunlar ham mavjud bo‘lib, ular tabiiy huquqdan iboratdir. Bu qonunlar asosida 
boqiy, ajralmas ilohiy tartib hukmron bo‘lib, ular nafaqat insonlar o‘rtasidagi 
munosabatlarni, balki «butun dunyoni yaratilishini tartibga soladi». 
Qadimgi Yunon faylasufi Epikur (er.av. 341-270) tabiiy huquq nazariya-
sini yoqlab chiqadi. Uning fikricha, tabiat xudoning aralashuvisiz, o‘z qonun-
lariga binoan rivojlanadi. Adolat, tabiatan bo‘lib, foyda to‘g‘risida, bir-biriga 
zarar yetkazmaslik va zarar ko‘rmaslik maqsadida tuzilgan shartnomadir.
Qadimgi rim huquqshunoslari va faylasuflari asarlarida tabiiy huquqiy 
ta’limotlar o‘z aksini topgan. Rim huquqshunoslarining fikricha, rim huquqi ius 
civil (faqat rim fuqarolari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi, qadimiy 
rim huquqi), ius gentum (rim fuqarolari bilan boshqa xalqlarning o‘rtasidagi 
mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq) va ius natural-tabiiy huquqdan 
iboratdir. Qadimgi yunonlar kabi rimliklar ham huquqni ijobiy huquq, tabiiy 
huquq, ilohiy huquqqa bo‘ladilar. 
Rim huquqi rivojlanishining barcha bosqichlarida rim huquqshunoslari-
ning fikricha, tabiiy huquq mohiyati va uning barcha xalqlar uchun umumiy 
bo‘lgan munosabatlarida farq mavjud bo‘lgan. Ba’zi rim huquqshunoslari ularni 
bir-biridan ajratishgan. Ba’zilari ularning teng ko‘rishgan. Ammo deyarli bar-
cha rim huquqshunoslari qadimgi yunon huquqshunoslari va faylasuflaridan 
farqli ravishda, o‘z diqqat e’tiborlarini bir qator holatlarda ijobiy huquq tabiiy 
huquqqa zid kelishiga qaratganlar. Tabiiy huquq bilan ijobiy huquq o‘rtasidagi 
ziddiyatlardan biri shuki, tabiiy huquqda barcha kishilar huquqda tengdirlar, 



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling