Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarixiy – materialistik nazariya.
59
II bob. Davlat va huquqning vujudga kеlishi ishxonada – mutaxassis, avval student, keyin professor, advokat, prokuror, sudya va h.k.) 1 . Jamiyat, davlat va huquqni o‘rganishda biologik qonuniyatlarni ham inobatga olish lozim, lekin ularni mutlaqlashtirish to‘g‘ri emas. Tarixiy – materialistik nazariya. Ushbu ta’limotning dastlabki asos- chilari L. Morgan, K. Marks, F. Engels va boshqalar. Davlat ibtidoiy jamiyat- ning tabiiy rivojlanishi, evolyutsiyasi oqibatida kelib chiqishini asoslashga intilish mavjud. Darhaqiqat, davlatchilikning dastlabki kurtaklari, hokimiyat- ning siyosiylashuvi asoslari, avvalo, ibtidoiy tuzum qa’rida, uning obyektiv rivojlanishi sharoitida paydo bo‘lgan. Ibtidoiy jamiyatning iqtisodiy o‘sishi nafaqat davlat paydo bo‘lishining moddiy asosini, balki uning sotsial asoslarini ham ta’minladi. Mazkur nazariya davlatning kelib chiqishini izohlashda ikki yondashuvni o‘zida mujassam etadi: birinchi yondashuv: – davlat ibtidoiy jamiyat o‘zlashtiruvchi jamoadan ishlab chiqaruvchi jamiyatga aylanishi, iqtisodiyotning malakalashuvi va ixti- soslashishi, yirik ijtimoiy mehnat taqsimotining yuz berishi, moddiy ne’matlar to‘planib mulkchilik munosabatlarining paydo bo‘lishi, taqsimot muoma- lalarining va jamiyatni boshqarishning murakkablashuvi, oqibatida jamiyat a’zolarining sotsial tabaqalashuvi, jamiyatning «umumiy ishlari»ni boshqarish ehtiyoji va boshqalar bu yondashuvning asosiy nuqtalari hisoblanadi. Sanab o‘tilgan omillar davlat shakllanishiga turtki bergan, uni keltirib chiqargan obyektiv sabablardir; ikkinchi yondashuv: jamiyatda xususiy mulk va uning asosida mulk- chilik (egalik) munosabatlarining qaror topishi va mustahkamlanishi mulk- dorlar va mulksizlar sinfini vujudga keltiradi. Ularning manfaatlari ziddiyatli bo‘lib, o‘zaro kelishtirilishi qiyin kechadi, hatto ba’zan murosasiz munosabatlar tizimiga aylanadi. Iqtisodiy hukmronlikka erishgan sinf jamiyatning boshqa qatlamlari ustidan siyosiy hukmronlikni ham qo‘lga kiritadi. Davlat shunday hukmronlikning vositasi sifatida paydo bo‘ladi. Davlatning shu tarzda paydo bo‘lganligiga tarixda isbotlovchi dalillar bor. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling