Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
67
III bob. Davlat haqida umumiy ta’limot susan, nemis faylasufi va huquqshunosi L. Dyugi davlatni quyidagi to‘rtta elementdan iborat deydi. Uning fikricha davlat: 1) insonlar (individlar) jamoasi; 2) muayyan hudud; 3) suveren hokimiyat; 4) hukumatdan tashkil topgan 1 . G.F. Shershenevich muayyan hududda o‘troq hayot kechiruvchi va yagona ho- kimiyatga itoat etuvchi kishilar ittifoqini davlat deb ataydi 2 . «Davlat, – deydi mashhur rus olimi N.M. Korkunov, – erkin kishilarning ijti- moiy ittifoqi bo‘lib, muayyan vakolatlar (majburlov) yordamida ta’minlanadigan osoyishta tartibotdir» 3 . Shunga o‘xshash fikr G. Grotsiy asarlarida ham uchray- di. U davlatni «huquqqa rioya etish va umummanfaati yo‘lida tuzilgan erkin kishilarning mukammal ittifoqi» 4 , deb ta’riflaydi. J. Lokkning talqinida: «davlat demokratiya yoki boshqaruvning u yoki bu shakli emas, balki lotincha «civitas» so‘zi bilan ifodalanadigan har qanday mus- taqil uyushmadir, ushbu so‘zga «davlat» («commbwealth») so‘zi mos keladi» 5 . Nemis falsafasining yorqin namoyandasi Immanuil Kant ham davlatning mohiyati borasida tahlil yuritib, shunday deb yozadi: «Davlat o‘zi joylashgan yerning xuddi o‘zidek mulk emas, balki kishilarning o‘zi xo‘jayinlik qilib, o‘zini o‘zi boshqaradigan jamiyatdir» 6 . Mutafakkir boshqa bir asarida «Davlat huquqiy qonunlar himoyasida bo‘lgan ko‘pchilik odamlarning birlashmasidir» 7 , deydi. Davlatning mohiyatini tushunish bobida fransuz mutafakkir Jan Boden o‘z o‘tmishdoshlari va zamondoshlaridan ancha ilgarilab ketdi. U davlatni «suveren hokimiyat orqali ko‘plab oilalar va ularga tegishli narsalar ustidan adolatli hukmronlik vositasi» sifatida tushunishni ilgari suradi. Davlat, – deydi J. Boden – suveren hokimiyatning odamlar ustidan amalga oshiradigan rahbarli- gidir. Uning ta’biricha, suverenitet davlatning doimiy va mutlaq hokimiyatidir. Suverenitet g‘oyasini T. Gobbs ham yoqlab chiqadi. Uning talqini quyidagi- cha: «Odamlarni qo‘rquvda ushlab, ular harakatini ezgulikka yo‘naltirishga faqat barcha imtiyoz va kuchlarni bir odam yoki bir necha kishilik jamoa izmida jamlash orqaligina erishish mumkin. Agar ko‘pchilik odamlarning birlashuvi (va boshqarilishi) shu tariqa ro‘y bersa, bu davlat deb ataladi. «Suverenitetning sohibi aynan davlatning o‘zidir, uning zimmasiga tinchlik-osoyishtalik va xavf- sizlikni ta’minlash yuklatiladi» 8 . 1 Дюги Л. Конституционное право. Общая теория государства. – М., 1908. – 100–101-betlar. 2 Шершеневич Г.Ф. Общее учение о праве и государстве. – М., 1911. – 18-bet. 3 Коркунов Н.М. Русское государственное право. Т.1. – СПб., 1904. – 27-bet. 4 Гроций Г. О праве войны и мира. – М., 1956. – 74-bet. 5 Локк Дж. Сочинения в 3-х томах. Т.3. – М., 1956. – 388-bet. 6 Кант И. Сочинения в 6-ти томах. Т.4. – М., 1965. – 383-bet. 7 O‘sha joyda, 270-bet. 8 Qarang: Гоббс Т. Сочинения Т.2. – М., 1992. – 133-bet. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling