70
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
majburiy xususiyat baxsh etadi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, qonuniy-
lik va huquqiy tartibotni kafolatlaydi.
Davlatning mohiyati xususida bir qancha ta’limotlar va yondashuvlar
mavjud: elitar nazariya, texnokratik nazariya, markscha nazariya, umum-
farovonlik davlati nazariyasi, demokratik (huquqiy) davlat nazariyasi. Ushbu
yondashuvlarni alohida ko‘rib chiqaylik.
Elitar nazariya. Bu nazariya XX asrda keng tarqaldi.
Uning tarafdor-
lari fikricha, keng xalq ommasi davlat hokimiyatini
amalga oshirish va jami-
yatni boshqarishga qodir emas, shu bois davlat hokimiyati
jamiyatning yuqori
qismiga – elitaga tegishli bo‘lishi lozim. Va har safar hokimiyat tepasida bir
elita ikkinchi elitani almashtirib turadi.
Elitalar turli belgilari (kelib chiqishi, ma’lumoti, tajribasi, qobiliyati
kabilar)ga qarab aniqlanadi. Bunda elita saflari xalq ommasi hisobiga,
ularning eng qobiliyatli vakillari bilan to‘ldirib borilishi mumkinligi ham
nazarda tutiladi. Buning ustiga mazkur nazariyaning hozirgi tarafdorlari
bir qancha elitalar mavjud bo‘lib, ular hokimiyat
uchun kurash olib borishi,
biroq, xalq o‘z saylov huquqidan foydalanib, ular
faoliyatini nazorat qilishi
mumkin, deb ta’kidlaydilar.
Shubhasiz, ushbu nazariyaning nuqsonlari ham mavjud. Chunonchi, aho-
lini hokimiyat ishlaridan chetlashtirishni targ‘ib qiladi, hokimiyatning sinfiy
tabiati butunlay inkor etiladi. Lekin ushbu nazariyaning
ijobiy tomonlari ham
yo‘q emas. Haqiqatan ham, hokimiyat ishlarini olib
borish amalda kishilarning
g‘oyat cheklangan doirasi – deputatlar, davlat mahkamasi
xodimlari tomonidan
bajariladi. Muhimi, mazkur kishilar chindan ham xalq, turli ijtimoiy guruhlar
va qatlamlar manfaatlarini ifoda etishlari kerak. Shu jihatdan xalq saylagan va
o‘z nomidan vakil qilgan kishilarning elita xarakterini, ular faoliyati ustidan
ta’sirchan nazoratni ta’minlash zaruratini tushunish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: