Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

68
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
Rossiyalik davlatshunos olim F. Kokoshkin davlat hokimiyatining majbur-
lovga tayanganligini inkor etib, quyidagi mulohazani bildiradi: «Davlat ma’lum 
toifa insonlarning jamoasi emas, balki 
kishilar o‘rtasidagi munosabatdir
ularning umumiy turmush kechirish shakli, ular o‘rtasidagi muayyan ruhiy 
aloqadorlikdir»
1
.
Davlat va uning mohiyati masalasiga Ivan Ilinning qarashlari ham g‘oyat 
qiziqarli. «Uzoq tajriba, og‘ir mashaqqatlardan aziyat chekkan insoniyat 
uyushgan majburlov tartibidan tashqaridagi hayotni sinab ko‘rib, o‘rta asrlarning 
xususiy huquqiy tizimi va ijtimoiy-huquqiy besaranjomliklarini boshdan 
kechirib, insoniyat nihoyat endilikda erkin va ixtiyoriy ittifoqqa asoslangan 
hayotni yakka hukmronlikka, majburlovga tayangan davlatdagi hayot bilan 
birga qo‘shish mumkinligiga ishonch hosil qildi. Davlatning majburlov kuchi va 
uning serqirra va xilma-xil faoliyati to‘g‘ri tashkil etilgan taqdirda, insonning 
erkin ma’naviy hayotiga tazyiq o‘tkazmay, balki uning uchun qulay sharoitlar 
yaratib beriladi»
2
.
Yuqoridagi fikrlardan shunday xulosaga kelish mumkin: 
«Davlat – 
huquq asosida uyushgan, yagona hudud ustidan hukmronlik qilish va yagona 
hokimiyatga bo‘ysunish asosida birlashgan odamlarning umumiy ittifoqidir»
3
.
«Davlat» iborasining to‘la ma’nosi quyidagi ijtimoiy hodisalarning 
uyg‘unligi va bir butunligida namoyon bo‘ladi: a) hokimiyat va bo‘ysunish 
munosabatlarining mavjudligi; b) hokimiyat majburlov choralarini qo‘llashda 
tanho (suveren) huquqqa ega bo‘lishi; v) yuridik mazmun va tartibning 
mavjudligi; g) boshqaruv va u tufayli nisbiy barqarorlikning ta’minlanishi; 
d) tashkiliy uyushganlik.
Shunday qilib, 
davlat – jamiyatdan alohida mustaqil tuzilma emas, 
balki muayyan makon va zamonda mavjud huquqiy tartibga solinadigan 
ijtimoiy xulq-atvorning aniq shakli. Davlat – sezgi organlari yordamida 
aniqlash mumkin bo‘lgan moddiy hodisa emas, balki jamiyat a’zolarining 
yuridik jihatdan tartibga solingan o‘zaro bo‘ysunish va boshqarilishini ifo-
dalaydigan aloqalarini nazarda tutuvchi ijtimoiy voqelik. Davlat to‘g‘risida 
so‘z yuritganda, biz vakolatli organlar tomonidan odamlar o‘rtasidagi ij-
timoiy munosabatlarning huquqiy tartibga solinishini nazarda tutamiz. 
Demak, davlat odamlar xulq-atvorini qat’iy huquqiy normalar yordamida 
majburiy tartibga solishdan iborat funksiyani bajaruvchi murakkab ijtimoiy 
hodisa(tashkilot)dir.

Кокошкин Ф.Ф. Русское государственное право. – М., 1908. – 3–4-betlar. 

Ильин И. Собр. соч. в 10-ти томах. – М., 1994. – 111-bet.

O‘sha joyda.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling