Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Davlat – huquq asosida uyushgan
68
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi Rossiyalik davlatshunos olim F. Kokoshkin davlat hokimiyatining majbur- lovga tayanganligini inkor etib, quyidagi mulohazani bildiradi: «Davlat ma’lum toifa insonlarning jamoasi emas, balki kishilar o‘rtasidagi munosabatdir, ularning umumiy turmush kechirish shakli, ular o‘rtasidagi muayyan ruhiy aloqadorlikdir» 1 . Davlat va uning mohiyati masalasiga Ivan Ilinning qarashlari ham g‘oyat qiziqarli. «Uzoq tajriba, og‘ir mashaqqatlardan aziyat chekkan insoniyat uyushgan majburlov tartibidan tashqaridagi hayotni sinab ko‘rib, o‘rta asrlarning xususiy huquqiy tizimi va ijtimoiy-huquqiy besaranjomliklarini boshdan kechirib, insoniyat nihoyat endilikda erkin va ixtiyoriy ittifoqqa asoslangan hayotni yakka hukmronlikka, majburlovga tayangan davlatdagi hayot bilan birga qo‘shish mumkinligiga ishonch hosil qildi. Davlatning majburlov kuchi va uning serqirra va xilma-xil faoliyati to‘g‘ri tashkil etilgan taqdirda, insonning erkin ma’naviy hayotiga tazyiq o‘tkazmay, balki uning uchun qulay sharoitlar yaratib beriladi» 2 . Yuqoridagi fikrlardan shunday xulosaga kelish mumkin: «Davlat – huquq asosida uyushgan, yagona hudud ustidan hukmronlik qilish va yagona hokimiyatga bo‘ysunish asosida birlashgan odamlarning umumiy ittifoqidir» 3 . «Davlat» iborasining to‘la ma’nosi quyidagi ijtimoiy hodisalarning uyg‘unligi va bir butunligida namoyon bo‘ladi: a) hokimiyat va bo‘ysunish munosabatlarining mavjudligi; b) hokimiyat majburlov choralarini qo‘llashda tanho (suveren) huquqqa ega bo‘lishi; v) yuridik mazmun va tartibning mavjudligi; g) boshqaruv va u tufayli nisbiy barqarorlikning ta’minlanishi; d) tashkiliy uyushganlik. Shunday qilib, davlat – jamiyatdan alohida mustaqil tuzilma emas, balki muayyan makon va zamonda mavjud huquqiy tartibga solinadigan ijtimoiy xulq-atvorning aniq shakli. Davlat – sezgi organlari yordamida aniqlash mumkin bo‘lgan moddiy hodisa emas, balki jamiyat a’zolarining yuridik jihatdan tartibga solingan o‘zaro bo‘ysunish va boshqarilishini ifo- dalaydigan aloqalarini nazarda tutuvchi ijtimoiy voqelik. Davlat to‘g‘risida so‘z yuritganda, biz vakolatli organlar tomonidan odamlar o‘rtasidagi ij- timoiy munosabatlarning huquqiy tartibga solinishini nazarda tutamiz. Demak, davlat odamlar xulq-atvorini qat’iy huquqiy normalar yordamida majburiy tartibga solishdan iborat funksiyani bajaruvchi murakkab ijtimoiy hodisa(tashkilot)dir. 1 Кокошкин Ф.Ф. Русское государственное право. – М., 1908. – 3–4-betlar. 2 Ильин И. Собр. соч. в 10-ти томах. – М., 1994. – 111-bet. 3 O‘sha joyda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling