Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
Hokimiyat – ijtimoiy hayotning tegishli darajasi va tabiatiga
mutanosib bo‘lgan har qanday ijtimoiy jamoaning faoliyat ko‘rsatish usuli (vosi- tasi) bo‘lib, u ayrim shaxslar va ular birlashmasining hamjamiyatdagi yagona rahbariy irodaga itoat etishi munosabatlari tarzida ifodalanadi 1 . Adabiyotlarda siyosiy hokimiyat bilan davlat hokimiyatining bir-biridan farq qilishini isbotlovchi fikrlar mavjud. Ushbu bahsga berilmagan holda quyidagi umumiy ta’rifni bayon etamiz. Demak, siyosiy yoki davlat hokimiyati – ijtimoiy hokimiyatning shunday turiki, bunda boshqaruv bevosita davlat to- monidan, yoki u vakolat bergan subyektlar tomonidan, uning nomidan, uning topshirig‘iga binoan va uning qo‘llab-quvvatlashi asosida amalga oshiriladi. Ommaviy-siyosiy hokimiyat (ya’ni, davlat hokimiyati) – birinchidan, muayyan hududga nisbatan joriy etiladi; ikkinchidan, tegishli hududda joylash- gan va shu yerda yashaydigan aholiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi; uchinchidan, maxsus apparat vositasida amalga oshiriladi; to‘rtinchidan, davlat hokimiyati suverenitetga ega bo‘lib, u jamiyatning boshqa ijtimoiy guruhlari (siyosiy par- tiyalar, ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar, ijtimoiy harakatlar, uyushmalar va h.k.) dan to‘la mustaqildir; beshinchidan, butun jamiyat nomidan ish yuritadi va boshqaradi. Davlat va huquq tarix sahnasiga kelgan davrdan boshlab, davlatning mo- hiyati haqidagi g‘oyalar vujudga keldi. Xo‘sh, davlat nima degani? Maxsus ijtimoiy-gumanitar, siyosiy, falsafiy, yuridik bilimga ega bo‘lmagan odam «davlat» deganda alohida davlat organ- larining nomini, «parlament», «hukumat», «prezident» kabilarni tasavvur etadi. Yana savol tug‘iladi: davlat o‘zi nima uchun zarur? Juda ko‘p sonli davlat organ- lari, mansabdor shaxslardan iborat ulkan apparat davlat tuzilmasi bo‘lib, nihoyatda murakkab tashkiliy birlik – kishilik jamiyatini boshqarish uchun zarurdir. Sanoat kapitalizmi davrida «davlat – kishilar ittifoqi, hudud va hokimiyat kabi uch tarkibning uyg‘unlashuvi mahsuli», degan ta’riflar keng tarqaldi. Xu- 1 Qarang: Теория государства и права / Под ред.проф. Н.И. Матузова и А.В. Малько. – М.: Юристь, 2000. – 43-bet. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling