Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Davlat»
- Davlatning mohiyati
69
III bob. Davlat haqida umumiy ta’limot Davlatning mohiyatini aniqlash degan- da, uning ma’no-mantig‘i, ichki tabiati, asl mazmuni, jamiyat hayotida o‘ynaydigan roli va ijtimoiy vazifasini ochish, shu xususiyat- larini anglab yetish tushuniladi. «Davlat» degan ijtimoiy hodisaning asosiy mantig‘ini, o‘zagini hokimiyat tashkil etadi. Shuningdek, davlat jamiyatga tegishli siyosiy tashkilotdir. Boshqacha aytganda, davlatning mohiyati ma- salasi – davlat hokimiyati kimga tegishli, uni kim va qaysi manfaat yo‘lida amalga oshiradi, degan savolga javob berish orqali yoritiladi. Xuddi shu bois bu muammo o‘ta munozarali, bahsli nazariy masala hisoblanadi 1 . Davlatning mohiyati – uning eng muhim, barqaror belgi va xususiyat- lari, ichki aloqalari yig‘indisi. Mohiyat – qonuniyatni, qonuniy munosabatlarni, eng muhim tavsiflovchi jihatlarni anglashdir, ularning namoyon bo‘lishidir. Davlatning barcha belgi va xususiyatlari uning ijtimoiy vazifalari, bajaradi- gan funksiyalarida namoyon bo‘ladi. Davlatning asosiy ijtimoiy vazifasi in- sonlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish, jamiyatni boshqa- rishdan iborat. Hokimiyatning alohida tashkiliy shakli bo‘lgan davlat jamiyat oldida turgan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq jarayonlarni boshqaradi. Davlat boshqaruvi – ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish va rivojlantirish maqsa- dida ularga qat’iy ta’sir o‘tkazishdir. Shu orqali davlat ijtimoiy taraqqiyotni yo‘naltirib turadi. Davlat mohiyatida ikki jihatni nazarda tutish lozim. Birinchi holatda dav- lat boshqaruvi butun jamiyat manfaati yo‘lida amalga oshirilishi mumkin; ik- kinchi holatda esa, u alohida ijtimoiy guruh yoki alohida shaxs manfaati uchun amalga oshirilishi mumkin. Shunga ko‘ra, davlat yoki jamiyat irodasini ifoda etadi yoxud ayrim shaxs (ayrim guruh) irodasini aks ettiradi. Demokratik yo‘nalishda rivojlanayotgan jamiyat o‘zining serqirra obyek- tiv ehtiyojlari davlatning diqqat markazida bo‘lishiga muhtojdir. Bu davlatning umumiy ijtimoiy funksiyalari kengayishi va rivojlanishiga olib keladi. Yuqoridagi mulohazalarga xulosa qilib, davlatning hozirgi zamonaviy ta’rifini ifoda etishga harakat qilamiz. Davlat ommaviy-siyosiy hokimiyatning suveren-siyosiy tarzda hududiy tashkillashtirilganligi bo‘lib, u maxsus apparat vositasida o‘z azmu irodasini butun mamlakat uchun majburiy e’tirof ettira oladi. Davlat – jamiyatning yagonaligi va yaxlitligini ta’minlaydigan siyo- siy tashkilot bo‘lib, maxsus mexanizm (apparat) vositasida jamiyat ishlarini boshqaruvchi suveren ommaviy-siyosiy hokimiyat sifatida huquqqa umumiy 1 Bu borada batafsilroq qarang: Оdilqoriyev Х.T., Chiniboyev Х.J. Davlat hokimiyati: mohiyati, funksiyasi va zamonaviy talqini. – T., 2015. – 6–29-betlar. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling