Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
Texnokratik nazariya. Mazkur nazariya XX asrning 20-yillarida vu-
judga kelib, 60-70-yillarda ancha keng tarqaldi. Uning tarafdorlari orasida T. Veblen, D. Barnxeym, G. Saymon, D. Bell va boshqalar bor edi. Umuman ushbu nazariya elitar nazariyasiga juda o‘xshab ketsa-da, zamonaviy voqelikni hisobga olishi bilan ajralib turadi. Bu nazariyaga ko‘ra, jamiyatni mutaxassis-boshqaruvchilar, menejerlar idora etishlari lozim (ko‘pincha amalda ham shular boshqaradilar). Aynan ular jamiyatning haqiqiy ehtiyojlarini, uning eng maqbul rivojlanish yo‘llarini, buning uchun zarur vositalarni aniqlashga qodir. Bu boshqarishni ilmiy asosda olib borish imkonini beradi hamda jamiyatning ildam rivojlanishini ta’minlaydi. Mazkur ta’limot g‘oyalaridan nafaqat davlatning mohiyati balki uning boshqa jihatlariga tegishli bo‘lgan boshqa nazariyalarda ham foydalanilmoqda. 71 III bob. Davlat haqida umumiy ta’limot Markscha nazariya, aniqrog‘i tarixiy – materialistik nazariya davlat- ning mohiyati masalasiga sinfiy yondashuvni taklif etadi. Uning asosida tarixiy materializm va sinfiy kurash g‘oyasi yotadi. Mazkur ta’limot namoyondala- rining isbotlashicha, davlat (siyosiy) hokimiyati iqtisodiy jihatdan hukmron bo‘lgan sinfga tegishli bo‘lib, faqat uning manfaati yo‘lida amalga oshiriladi. Shu sababli, davlat mohiyati sinfiy nuqtayi nazardan ta’riflanib, davlat iqtisodiy hukmron sinfning siyosiy hokimiyatini ta’minlab, mazlum sinf ustidan amalga oshiriladi, uning qarshiligini bostirish quroli (diktatura) hisoblanadi. Diktatura – bu hech qanday qonun bilan cheklanmagan va zo‘ravonlikka, majburlashga, kuchga tayanadigan hokimiyatdir. Sinfiy yondashuv tarixda ro‘y bergan, yashab o‘tgan quldorlik, feodal, kapi- talistik, sotsialistik davlat tiplarining mohiyatini ta’riflash uchun qo‘llanilishi mumkin. Uni hozirgi demokratik yo‘nalishdagi davlatlar mohiyatini izohlash uchun qo‘llab bo‘lmaydi. Demokratik rivojlangan mamlakatlarda davlat ijtimoiy qarama-qarshiliklarni kelishtiruv asosida hal etish quroli – vositasiga aylanib bormoqda. Zamonaviy davlatlarni ta’riflab, O‘zbekiston Respublikasining Bi- rinchi Prezidenti I. A. Karimov shunday degan edi: «Demokratiya sharoitida davlat ijtimoiy qarama-qarshiliklarni zo‘rlik va bostirish yo‘li bilan emas, balki ijtimoiy kelishuv, xalq ta’biri bilan aytganda, murosai madora bilan bartaraf etish vositasiga aylanadi» 1 . Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling