74
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
rivojlantirishga xizmat qiladi. Zero, fandagi ilmiy yangiliklar o‘zaro ilmiy bahs
va munozaralar natijasida shakllanadi.
Davlatning asosiy belgilari, uning jamiyatdagi turli nodavlat tashkilot-
lar, ijtimoiy-siyosiy tizimning boshqa qismlaridan farqlarini ochishga imkon
beruvchi jihatlari hisoblanadi. Davlatning belgilari sifatida kishilik jamiyati
uyushgan davlat tashkilotining barqaror, qat’iy umurtqasini ifodalovchi jihat-
lari maydonga chiqadi. Ular jamiyat rivoji bilan
hamohang tarzda mazmunan
boyib boradi,
eski funksiyalar barham topib, yangi
idoraviy tuzilmalar va funk-
siyalar vujudga kelaveradi.
Davlatni boshqa jamoat tashkilotlaridan ajratib
turuvchi asosiy belgilari
hudud, fuqarolar, ommaviy hokimiyat, yagona soliq tizimi kabilar bo‘lib, maz-
kur belgilarsiz davlat muayyan mavjudlik kasb eta olmaydi.
Aholining hududiy uyushishi va shu xudud chegaralarida omma-
viy hokimiyatning amalga oshirilishi. Davlat tuzumigacha bo‘lgan kishilik
jamiyatida individning u yoki bu uruqqa mansubligi qon-qarindoshlik asosida
aniqlanardi. Buning ustiga, qat’iy belgilangan hududiga ega bo‘lmagan urug‘
jamoasi u yerdan-bu yerga ko‘chib yurardi. Davlatga
uyushgan jamiyatda esa,
aholining urug‘chilik asosida uyushishi o‘z ahamiyatini yuqotdi. Uning o‘rnini
hududiy asosda uyushish prinsipi egalladi. Davlat qat’iy chegaralangan hudud-
ga ega bo‘lib, uning suveren hokimiyati faqat
shu hududga tatbiq etiladi, unda
yashaydigan
aholi esa, yuzaga kelgan davlatning fuqarosiga aylanadi.
Shunday
qilib, yangi huquqiy institut – fuqarolik tobeligi paydo bo‘ladigan
davlatning
makondagi sarhadlari suveren hudud hisoblanadi. Ko‘rinib
turibdiki,
Do'stlaringiz bilan baham: