Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
«Davlat – jamiyatning siyosiy-hududiy tashkilotidir
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
«Davlat –
jamiyatning siyosiy-hududiy tashkilotidir. Davlat hududi – muayyan davlat suvereniteti ostida bo‘lgan, tarixiy voqelik, xalqaro bitimlarga muvofiq o‘rnatiladigan va mustahkamlanadigan hududdir» 1 . Davlat hududi – uning yurisdiksiyasi tarqaladigan makon. Davlat o‘zining tegishli hududida suveren hokimiyatini amalga oshiradi va ularni boshqa dav- latlar va ayrim guruhlarning hujumidan himoya qilish huquqiga ega. Muayyan davlatning tegishli qonunlari faqat o‘sha davlatning belgilangan hududida amal qiladi, boshqa davlatlar esa, undan mustasno hisoblanadi. Zero, qonunlarni makonda amal qilishi prinsipining mohiyati va mazmuni ham shundadir. Hudud, odatda, ma’muriy hududiy deb ataladigan maxsus bo‘linishga ega bo‘ladi. Masalan, 1991-yil 20-noyabrda Oliy Kengash tomonidan qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini hal etish tartibi to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan tashqari, viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharlardagi tumanlar, qishloqlar, 1 Qarang: Раянов Ф.М. Проблемы теории государства и права (юриспруденции). – М., «Право и государство». 2003. – 112-bet. 75 III bob. Davlat haqida umumiy ta’limot ovullar va shaharchalar ham O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy qismlari hisoblanadi. O‘zbekiston o‘z yurisdiksiyasini mazkur hududlarda amal- ga oshiradi. Davlat aholini ma’muriy-hududiy birliklarga ajratib, o‘z hokimi- yatini ma’muriy-hududiy prinsip asosida amalga oshiradi. Respublikamiz Markaziy Osiyoda, Amudaryo bilan Sirdaryo oralig‘ida joylashgan bo‘lib, uning hududi shimoliy-g‘arbda Turon past tekstligini, janubiy-sharqda Tyanshan va Oloy tog‘ tizimlarini, janubiy-g‘arbda Qizilqum cho‘llarining bir qismini egallaydi. Maydonining umumiy uzunligi 2355 kilometrni tashkil etadi. O‘zbekiston tarkibiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, 12 ta ma’muriy viloyat, 157 ta qishloq tumani, 123 shahar va 104 sha- har tipidagi qo‘rg‘on kiradi. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling