Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

77
III bob.
 Davlat haqida
umumiy ta’limot
– boshqa ijtimoiy-tashkiliy hokimiyatlar (partiyalar, jamoat birlashmalari, 
diniy tashkilotlar va boshqalar) ning qarorlarini bekor qila olishi.
Shu bois suveren davlat hokimiyati barcha fuqarolar uchun majburiy qo-
nunlar qabul qiladi; qonun doirasida majburlov choralarini qo‘llaydi.
Shunday qilib, 
davlat – majburlov choralarini qo‘llashda qonuniy huquqqa 
ega bo‘lgan, tashkiliy rasmiylashgan hokimiyatni amalga oshiruvchi ijtimoiy 
qatlam tomonidan o‘rnatilgan yuridik tartib amal qiladigan muayyan hududda 
yashaydigan aholini o‘z qamroviga olgan siyosiy tashkilot. 
Davlat – muayyan hududda oliy hokimiyatga ega bo‘lgan ommaviy-siyosiy 
tashkilot. Davlat hokimiyatining mohiyati jamiyat a’zolari irodasining hukmron 
ijtimoiy qatlam (sinf) irodasiga bo‘ysundirilishidadir. Davlat hokimiyati – ij-
timoiy hokimiyatning bir turi bo‘lib, davlat-huquqiy tashkilotlar(organlar)da 
mujassamlashadi va jamiyat ustidan boshqaruvni amalga oshiradi. Davlat va 
huquq davlat hokimiyatini rasmiylashtiruvchi, amalga oshirilishini ta’minlovchi 
ijtimoiy institutlardir.
Soliqlarning joriy etilganligi – davlatning asosiy belgilaridan biri 
bo‘lib, u aholidan davlat apparatini saqlab turish, faoliyatini ta’minlash uchun 
zarur bo‘lgan moddiy mablag‘larni undirib olishda ifodalanadi. Mamlakatning 
davlat budjeti aholidan, turli xil xo‘jalik subyektlaridan olinadigan soliqlar va 
yig‘imlardan kelib tushadigan daromadlar hisobiga to‘ldiriladi hamda ushbu 
moliyaviy mablag‘lar jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy hayot sohasini ta’minlash 
uchun maqsadli sarf etiladi. 
Davlatning soliq siyosati natijasida to‘plangan mablag‘lar hisobidan na-
faqat davlat apparatining faoliyati jarayonida, balki mamlakatning ijtimoiy, iqti-
sodiy, siyosiy va madaniy hayot sohalarini rivojlantirishda ham keng foydalani-
ladi.
Tabiiyki, davlat tegishli moliyaviy vositalarsiz jamiyatning biron-bir so-
hasini boshqara olishi yoki muayyan islohotlarni amalga oshirishini tasavvur 
etish qiyin. Chunki, mamlakatdagi mavjud tashkilotlar o‘z faoliyatlarida moli-
yaviy resurs sifatida davlat budjetiga (davlat organlari) yoki xo‘jalik hisobidan 
tushgan daromadga tayangan holda ish yuritadilar va shu hisobidan davlat 
xizmatchilariga, ishchi va xodimlarga haq to‘laydilar. Ma’lumki, davlat xiz-
matchilari (deputatlar, sudya, prokuror, hokimlar va boshqalar) moddiy ish-
lab chiqarish bilan shug‘ullanmay, balki o‘z faoliyatida asosan boshqaruvni 
amalga oshiradilar. Shuning uchun mazkur doiradagi shaxslarga ish haqi, 
ularning pensiya ta’minoti va boshqa moddiy resurslar mamlakatning budjeti-
dan ajratiladi. Bundan tashqari, davlat organlarining xizmat faoliyati uchun 
zarur bo‘lgan texnika, aloqa vositalari, kiyim-kechak va boshqa ashyolar dav-
latning budjeti hisobidan ajratiladi.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling