Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

80
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
farq qiladi. Bunda u mehnatkashlarning ekspluatatorlarga shaxsan, ochiqdan-
ochiq qaramligiga emas, balki rasman erkin, biroq ishlab chiqarish vositalari-
dan mahrum bo‘lgan va shu sababli yashash uchun o‘z kuchini kapitalistik 
korxonalarning egalariga sotishga majbur bo‘lgan yollanma ishchilar sinfining 
yashirin iqtisodiy qaramligiga asoslanar edi.
Kapitalistik tuzumdagi davlat yaqin vaqtlargacha ekspluatatsiya qilinuvchi-
larni ekspluatatorlarga bo‘ysundirishida yordam beruvchi, ularni jamiyatni 
tashkil etishning muayyan tarixiy shakliga mos keluvchi tartiblarga rioya 
qilishga majbur qiluvchi mashina bo‘lib keldi.
Biroq keyingi o‘n yilliklarda kapitalistik jamiyatda jiddiy o‘zgarishlar yuz 
berdi. Ijtimoiy manfaatlar sinfiy manfaatlardan, umuminsoniy manfaatlar mil-
liy manfaatlardan, umumiy manfaatlar xususiy manfaatlardan ustunlik qila 
boshladi. Demokratik g‘oyalar va institutlar (tashkilotlar) keng yoyila boshladi, 
bu jamiyatning rivojlanishida davlatning o‘rni va ahamiyatiga ta’sir qilmasdan 
qolmadi. Davlat faoliyatining mazmuni, uning ijtimoiy yo‘nalishi jiddiy ravishda 
o‘zgara boshladi. Davlat zo‘rlik, majbur qilish vositasidan tobora butun jamiyat 
ishlarini boshqarish mexanizmiga aylana bordi.
Sotsialistik davlat to‘g‘risidagi g‘oyalar sinfiy nazariya (markscha-lenincha 
ta’limot) tarafdorlari asarlarida paydo bo‘lgan. Ular o‘z asarlarida sotsialistik 
davlatni boshqa tipdagi davlatlarga qarshi qo‘yib, asosiy tafovut hokimiyat-
ning ekspluatatsiya qiluvchi ozchilik qo‘lida bo‘lishi va undan ekspluatatsiya 
qilinuvchi ko‘pchilik qarshiligini bostirish uchun foydalanishda, deb uqtirgan-
lar. Ularning fikricha, sotsialistik davlat «sotsialistik inqilob» natijasida paydo 
bo‘ladi, ya’ni siyosiy hokimiyat zo‘ravonlik orqali egallab olinadi. Bu jarayon 
eski davlat mashinasini sindirish va proletariat diktaturasini o‘rnatish zarurligi 
bilan bog‘lanadi. Ayni paytda sotsialistik inqilob g‘alabasidan so‘ng hokimiyat 
ishchilar sinfi qo‘lida bo‘lishi rejalashtiriladi. Ishchilar sinfi esa butun xalq man-
faatlari yo‘lida ekspluatator sinflar qarshiligini bostiradi va butun xalqni yangi 
hayot qurish uchun o‘ziga ergashtirishga intiladi.
Sinfiy tipologiya ta’limoti mamlakatimizda sobiq sovet Ittifoqi parcha-
langunga qadar yagona g‘oya sifatida e’tirof etib kelindi. Ushbu ta’limotning 
asosiy kamchiligi shundaki, u dunyodagi barcha davlatlarni yagona sinfiy 
tipologiyaga kiritgan holda, bu boradagi milliy, madaniy, diniy va boshqa bir 
qator omillarni inkor etadi.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling