Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
Davlat
tipologiyasi 4-§. 79 III bob. Davlat haqida umumiy ta’limot Davlat tipologiyasi – davlatning mohiyatan o‘ziga xos xususiyatlarini ajratish yoki biror tipga mansubligini belgilashda foydalaniladigan ta’limot, bilimlar tizimidir. Davlat tipologiyasida davlatlarni muayyan mezonlar aso- sida turlarga ajratish, tasniflash amalga oshiriladi. Huquqshunoslik fanida davlat tipologiyasini o‘rganishda ikki xil yondashuvni, ya’ni formatsiyaviy (tarixiy materialistik) va sivilizatsiyaviy (ma’rifiy) yondashuvni ko‘rsatish mumkin. Formatsiyaviy yondashuvning mohiyati shundaki, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarning almashinuvi ijtimoiy inqiloblar natijasida sodir bo‘ladi va bu davlatning bir tarixiy tipidan boshqa, undan yuqoriroq ikkinchi tipiga o‘tishini nazarda tutadi. Formatsiyaviy yondashuv fanda sinfiy yondashuv deb ham yuritilib, unda davlat tipologiyasining asosiy mezoni ijtimoiy-iqtisodiy for- matsiyalar hisoblanadi. Mazkur tipologiyada, birinchidan, davlatlar muayyan ijtimoiy-iqtisodiy omillar asosida tiplarga ajratiladi; ikkinchidan, davlat- larning tabiiy-tarixiy xususiyati ularning o‘z taraqqiyotida ma’lum bosqichlarni o‘tishini ko‘rsatadi. Formatsiyaviy yondashuv bir tipdagi davlatning boshqasiga faqat sotsial inqilob orqali o‘tishini tan oladi. Ushbu tipdagi davlatlarda hokimiyat hukm- ron sinfning manfaati uchun xizmat qiladi. Ya’ni, davlatning ijtimoiy vazifasi sinfiy manfaatlarni amalga oshirishdan iborat bo‘ladi. Masalan, quldorlik dav- lati – quldorlarning, feodal davlat – yirik yer egalarining irodasini ifodalaydi. Shunday qilib, davlat va huquqqa formatsiyaviy yondashuv aniq ifodalangan sinfiy xususiyat kasb etadi. Bunda ishlab chiqarish munosabatlari tipiga ko‘ra quldorlik, feodal, kapitalistik va sotsialistik davlat turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. An’anaga ko‘ra, quldorlik davlati tarixdagi birinchi davlat tipi hisobla- nadi. Ushbu davlat tipining paydo bo‘lishi eramizgacha bo‘lgan IV-III asrlarga to‘g‘ri keladi. Bunday davlatlar Qadimgi Misr, Qadimgi Bobil, Qadimgi Xitoy, Qadimgi Hindiston va ikki daryo oralig‘ida paydo bo‘lgan. Quldorlik davlati tizimi Qadimgi Gretsiya va Qadimgi Rim antik davlatlarida eng to‘liq tarzda rivojlangan. Ekspluatatsiya shaklining o‘zgarishi quldorlik tipidagi davlatning feodal davlati bilan almashishiga olib keldi. Yevropada uning paydo bo‘lishi yangi eraning V–XI asrlariga to‘g‘ri keladi. Feodal jamiyatning asosini feodallarning yerga bo‘lgan xususiy mulkchiligi tashkil etar edi, feodal davlat esa feodallar sinfining diktaturasi sifatida maydonga chiqadi. Ishlab chiqarishning yanada o‘sishi, savdo va sanoatning rivojlanishi yan- gi davlat tipi – kapitalistik davlatning paydo bo‘lishiga olib keldi. O‘zgalar mehnatidan foydalanishning kapitalistik shakli quldorlik va feodal shakllardan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling