Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
Davlat boshqaruvi
shakli 2-§. 85 IV bob. Davlatning shakllari Jamiyat boshqaruvi tashkil etishning qaysi jihati tadqiqot obyekti ekanli- giga ko‘ra, davlat shaklining uch elementi bir-biridan farqlanadi: birinchidan, boshqaruv shakli; ikkinchidan, davlat tuzilishi (hududiy-siyosiy) shakli; uchinchidan, siyosiy (davlat – huquqiy) rejim. Davlatning mohiyatini tushunishda davlat boshqaruvi shakli alohida aha- miyatga ega. Boshqaruv shakli davlat hokimiyatini tashkil etish tartibi va mazmunini, hokimiyatni amalga oshirish mexanizmini anglatadi. Davlat boshqaruvi shakli insoniyatni qadimdan qiziqtirib kelgan. Bunda davlatni kim boshqaradi, davlat qanday boshqariladi degan masalalarga va uning boshqarish shakllariga Aflotun, Arastu, Forobiy, Monteskye, Lokk, Rus- so va boshqa mutafakkirlar o‘z asarlarida alohida e’tibor qaratganlar. Boshqa- ruv shakli deganda, oliy davlat hokimiyati, uning idoralari aholi bilan o‘zaro munosabati, aholining ushbu idoralarni shakllantirishda ishtirok etish darajasi tushuniladi. Boshqaruv shakliga ko‘ra, davlatlar monarxiya va respublikaga bo‘linadi. «Monarxiya» yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib («monos» – bir, «arhe» – hokimiyat), yakka hukmronlik, yakka hokimiyatchilik degan ma’noni anglatadi. Monarxiyaning quyidagi belgilari mavjud: – monarx davlatni shaxsiylashtiradi; – monarx tashqi va ichki siyosatda davlat boshlig‘i hisoblanadi; – monarx davlatni o‘zi yakka boshqaradi; – monarx hokimiyati muqaddas va daxlsiz deb e’lon qilinadi; – hokimiyatni o‘rnatish va qabul qilishning alohida tartibi mavjud; – monarx o‘z boshqaruv faoliyati natijasi uchun yuridik jihatdan javobgar bo‘lmaydi. Monarxiya oliy hokimiyat xalq tomonidan saylab qo‘yilgan organlarga emas, balki meros tariqasida egallagan podsho-hukmdorga tegishli bo‘ladi. Monarxiya boshqaruv shakliga asoslangan davlatlarda mamlakat boshliqlari imperator, xon, podsho, sulton, qirol, qirolicha, amir, shoh va boshqa shu kabi nomlar bilan ataladi. Monarx davlatni tanho hokimlik asosida boshqaradi. Albatta, bu davlat- ning barcha ishlarini uning bir o‘zi hal etar ekan, degan ma’noni bildirmaydi. Turli davlat organlarida xizmat qiluvchi ko‘p sonli maslahatchilar, vazirlar, amal- dorlar davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etadi. Ayni paytda, eng muhim dav- lat ishlari bo‘yicha monarxning o‘zi hukm chiqarishiga to‘g‘ri keladi. U davlat hokimiyatining to‘laqonli suveren egasidir. Monarx hokimiyati oliy maqomga ega bo‘lib, u mustaqildir. U – davlatdagi oliy hokimiyat sohibidir. Monarxiya |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling