Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Federativ davlat
Davlatning tuzilish
shakli 3-§. 92 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi kredit va soliq siyosati amal qiladi. Unitar davlatlarga Daniya, Norvegiya, Shvetsiya, Fransiya, Italiya, Ukraina kabi oddiy tarkibiy tuzilishga ega davlat- lar misol bo‘la oladi. Unitar davlatlarning alohida turi bo‘lib, avtonom hududli unitar davlat- lar hisoblanadi. Ularda yagona hudud tarkibida avtonom tuzilmalar bo‘ladi. Avtonom hududli unitar davlatlarga Xitoy (o‘z tarkibida bir qator avtonomi- yalarga ega – Tibet, Ichki Mo‘g‘uliston, Gonkong va hokazo), Ispaniya (Bask- lar viloyati), Daniya (Farer orollari va Grenlandiya) misol bo‘ladi. Federativ davlat (lotincha «foederare» so‘zidan olinib, «ittifoq bilan mustahkamlash» ma’nosini anglatadi) murakkab davlat demakdir. Federativ davlat – teng huquqli respublikalar, shtatlar, kontonlar va boshqa davlat tuzil- malarining ixtiyoriy birlashuvi asosida tashkil topadi. Tarixda yirik davlatlar vujudga keliishining ikki yo‘li bo‘lgan. Har ikki yo‘l bir necha yoki ko‘pchilik alohida davlatlarning birlashuvidan boshlanadi. Birin- chi yo‘l muayyan iqtisodiy, siyosiy yoki harbiy maqsadlarga erishish maqsadida shartnomaviy birlashuv (federatsiya yo‘li); ikkinchisi – unitar davlatga iqtisodiy va madaniy chatishib ketadigan siyosiy qo‘shilish yo‘li. Federatsiya tushunchasi haqida ko‘pchilikning tasavvuri va tushunchasi noxolis yoki mavhum bo‘lib, ayrimlarning fikricha, federatsiyaga birlashish go‘yoki, federatsiya tarkibidagi mavqeyi yuqori bo‘lgan davlatga qaram bo‘lib qolishni nazarda tutadi. Aslida, federatsiya turli tarixiy davrlarda bir necha kichik davlatlarning tashqi xavfdan mudofaalanish maqsadida birlashuvi natijasida yuzaga kelgan. Amerika Qo‘shma Shtatlari bir necha mustaqil shtatlarning 1775-yilda Angliya mustamlakasiga qarshi kurashishda strategik maqsadlarda yagona federatsiyaga birlashganligi asosida tashkil topgan. Federativ davlatlar yer yuzida kecha yoki bugun paydo bo‘lgan yangi davlat tuzilmasi bo‘lmay, balki uning vujudga kelish tarixi XVII asrning oxiri va XVIII asrning boshlariga borib taqaladi. AQSh, Kanada, Meksika, Germaniya davlatlari shular jumlasidandir. Davlatlarning yagona federatsiya tarkibiga birlashuvi ayrim hollarda ularning bitta davlat tarkibiga singib ketishi natijasi, davlatning tuzilishi shakli dastavval federatsiya bo‘lsa, keyinchalik unitar siyosiy shaklga aylanib ketishi hollari uchrab turadi. Fransiya misolida ko‘radigan bo‘lsak, mazkur davlat tarixda bir necha ma’muriy-hududiy birliklardan iborat bo‘lgan alohida kichik mustaqil davlatlar, jumladan, bir qirollik, bir kurf-yuretlik, 26 gersoglik, 6 knyazlik, bir markgraf- lik, 77 graflik, 19 vitsegraflik, 14 mulk, bir markizlik, bir «kaptalat» va 13 vaqf yerlaridan tashkil topgan edi. Ular dastlab federatsiya tarkibiga birlashdilar, keyinchalik bu kichik davlatlarning barchasi yagona Fransiya davlati sifatida birlashib, o‘zida unitar siyosiy shaklni tashkil etdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling