Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
95
IV bob. Davlatning shakllari subyektlari birlashish jarayonida o‘z mustaqilligini saqlab qoladi, federatsiya subyektlari esa, o‘z suverenitetini federatsiya idoralari ixtiyoriga topshiradi- lar. Shuningdek, federatsiya qat’iy ravishda konstitutsiya asosida birlashsa, konfederatsiya taraflarning o‘zaro kelishuviga binoan shartnoma yoki bitim asosida birlashadi. Konfederatsiya muvaqqat, beqaror tuzilma. Odatda, u mustaqil davlatlarning federatsiyaga birlashishida yoki federatsiyaning mustaqil davlatlarga bo‘linib ketishida oraliq bosqich hisoblanadi. Masalan, Shveysariya 1815–1848-yillarda federatsiyaga birlashdi, Sene Gambiya 1982-yilda Senegal va Gambiyani bir- lashtirishga urinishdan so‘ng 1989-yilda mustaqil davlatlarga bo‘linib ketdi. Konfederatsiyani tashkil etgan davlatlar o‘rtasidagi munosabatning kuchsizligi uning barqaror emasligidan dalolat beradi. Uning tarkibiy qismlarida davlat suvereniteti va boshqa davlatchilik belgilari – mustaqil armiya, fuqarolik, qo- nunchilik, sudlov organlari tizimiga egaligi kabilarda namoyon bo‘ladi. Konfederatsiyada yagona umumiy oliy davlat hokimiyati organlari yo‘q yoki ular bo‘lgan taqdirda ham nomigagina vakolatlarga ega. Konfederatsiya tarkibidan xohlagan subyekt, istagan vaqtda erkin chiqib ketish huquqiga ega. Konfederatsiyaning o‘ziga xos belgilari quyidagilardan iborat: 1) konfederatsiya muayyan maqsadga erishish uchun birlashgan mustaqil davlatlarning ittifoqi; 2) barqaror bo‘lmagan siyosiy tuzilma; 3) yagona hududning bo‘lmasligi; 4) yagona fuqarolikning o‘rnatilmasligi; 5) konfederatsiya subyektlari undan erkin chiqib ketishi mumkinligi; 6) konfederatsiya subyektlarining qonunchilik hujjatlarini qo‘llamaslik huquqiga egaligi; 7) konfederatsiya vakolatiga cheklangan doiradagi masalalarni hal etish kirishi; 8) konfederatsiya budjeti uning a’zolari ixtiyoriy badallaridan tashkil topishi. Hozirgi vaqtda Yevropaning 28 ta davlatini birlashtirgan Yevropa itti- foqi davlatlarining hamdo‘stligi konfederatsiyasi mavjud. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi konfederatsiya emas. 2016-yil iyunida Buyuk Britaniya Yevro- pa Ittifoqidan chiqish to‘g‘risida referendum o‘tkazdi. Bunda Angliya aholisi- ning qariyb 60 foizga yaqini Yevroittifoqni tark etish g‘oyasini yoqlab ovoz berdi. «Breksit» – Ittifoqni tark etish, undan chiqish protsedurasi ikki yilga cho‘zilishi, London bilan Bryussel o‘rtasida uzoq muzokaralar bo‘lishi hozirga- cha ta’kidlanmoqda. Yevroittifoqning boshqa a’zo-davlatlari orasida ham Buyuk Britaniyadan ibrat olishni o‘ylayotganlari bor. Chamasi, Yevropa Ittifoqi jiddiy islohotlarga muhtoj bo‘lib qoldi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling