Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Siyosiy rejim
96
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi Davlat shaklining asosiy elementlari- dan biri siyosiy rejim (tartib)dir. Yurispruden- siyada siyosiy rejim iborasi «siyosiy tartib», «davlat rejimi» yoki «davlat tartibi» kabi shaklan har xil, ammo mazmu- nan bir xil bo‘lgan tushunchalar bilan ifodalanadi. «Siyosiy rejim» tushun- chasi yuridik adabiyotda XX asrning 60-yillarida yuzaga kelgan bo‘lib, olimlar o‘rtasidagi turli xil tortishuv, bahs va munozaralarga sabab bo‘ldi. Bir guruh olimlar siyosiy rejim davlat shaklining sinonimi deb e’tirof etsalar, ikkinchi guruh olimlar esa uni davlat shakli tarkibiga kirmaydi, deb ta’kidlaganlar. «Siyosiy rejim» tushunchasi keng va tor ma’noda qo‘llaniladi. Keng ma’nodagi yondashuvda siyosiy rejim barcha siyosiy hayot, umuman jami- yat siyosiy tizimi hodisalarining namoyon bo‘lishi va tartibi tushuniladi. Tor ma’nodagi yondashuvda esa, siyosiy rejim faqat davlat hayoti, davlat hokimiyatini ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq hodisalar va usullarning namoyon bo‘lishi tarzida talqin etiladi. Siyosiy rejim – davlat hokimiyatini amalga oshirishda foydalaniladigan tartib va usullar yig‘indisi. Davlat hokimiyati har bir mamlakatda o‘ziga xos xususiyatga ega, shu bois siyosiy rejim ham turlicha qaror topadi va namoyon bo‘ladi. Muayyan davlatning siyosiy rejimi mohiyati va mazmuni o‘ziga xos mezonlar, ya’ni, davlat hokimiyatining aholi bilan munosabati qaysi yo‘llar va qanday usullar orqali amalga oshirilishi, siyosiy sohada turli kuchlarning o‘zaro munosabatlari, jamoat tashkilotlarining jamiyat siyosiy tizimidagi mavqei qay darajadaligi bilan belgilanadi. Shuningdek, davlat o‘z hokimiyatini amalga oshirish jarayonida aholining manfatlari uchun xizmat qilishiga qarab siyosiy rejim nodemokratik va demokratik turlarga bo‘linadi. Nodemokratik rejim yuridik fanda g‘ayridemokratik, aksildemokratik va antidemokratik kabi iboralar tarzida qo‘llaniladi. Demoratik rejimdan farqli o‘laroq, nodemoratik rejim demokratiyaga xos prinsip va qoidalarni tan olmaydi, aksincha ularni inkor etadi. Davlatning siyosiy rejimi tarkibida nodemokratik rejimning o‘ziga xos turlari mavjud bo‘lib, ular totalitar, fashistik va avtokratik shakllarda namoyon bo‘ladi. Totalitar rejim usuliga fashistik davlatlar va «shaxsga sig‘inish» davri- dagi sotsialistik davlat misol bo‘ladi. Ushbu rejim ko‘ppartiyaviylik tizimini rad etgan holda, faqat bir hukmron partiyaning mavjudligiga yo‘l qo‘yadi va mazkur partiya jamiyatning yetakchi kuchi deb e’lon qilinadi, uning qoidalari muqaddas aqidalardek qabul qilinadi. Hukmron partiya davlat boshqaruvini jilovlab turadi hamda partiya va davlat organlarining o‘zaro qo‘shilib ketishi sodir bo‘ladi. Siyosiy hukmron partiya rahbari siyosiy lider bo‘lib, u davlat Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling