Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


yakka  shaxs avtokratiyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

yakka 
shaxs avtokratiyasi ko‘rinishi bo‘lib, u ham o‘z navbatidaavtoritar, tiraniya 
va
 despotiya kabi turlarga bo‘linadi.
Avtoritar siyosiy rejim mamlakatda fuqarolarning huquq va erkinlikla-
rining cheklanganligi, bekor qilinganligi yoki umuman yo‘qligi bilan ajralib 
turadi. Bu kabi siyosiy rejimga asoslangan davlatlarda davlat hokimiyati vakil-
lik organlari faoliyati cheklangan, tugatilgan yoki umuman taqiqlangan bo‘ladi 
hamda davlat hokimiyati ustidan xalq nazoratining yo‘qligi, ularning yashirin 
usullar bilan shakllantirilishi namoyon bo‘ladi.
7–18-8


98
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
Avtoritar siyosiy rejimning o‘ziga xos xususiyati shundaki, butun ho-
kimiyat yagona shaxs (bir organ yoki bir necha shaxs) qo‘lida to‘planib, dav-
lat hokimiyatini amalga oshirishda ma’muriy-buyruqbozlik, ba’zan terrorchilik 
(o‘zboshimchalik, zo‘ravonlik) usullari qo‘llaniladi hamda taraqqiyparvar siyo-
siy partiyalar va jamoat birlashmalari faoliyati taqiqlanadi, cheklanadi yoki 
tarqatib yuboriladi.
Ushbu rejimda siyosiy monizm – ya’ni yakka mafkuraning ustunligi
uning davlat mafkurasi darajasiga ko‘tarilganligi, fuqarolik jamiyatining 
mavjud emasligi, uning institutlarining cheklanganligi, ijtimoiy manfaatlarni 
ifodalash imkoniyatlarining taqiqlanganligi avj oladi.
Tiraniya rejimi yakka shaxs boshqaruviga asoslangan. Buning despoti-
yadan farqi shundaki, tiranning hokimiyati, odatda, zo‘ravonlik, bosib olish
ba’zan qonuniy hokimiyatni ag‘darib tashlash natijasida qaror topadi. Tiran 
hokimiyati o‘zboshimchalik, terror va genotsid asosida amalga oshirilib, de-
mokratik tamoyillar tan olinmaydi, mamlakatda amalda bo‘lgan qonunlarga 
rioya qilinmay, ularni muntazam ravishda buzish hollari yuz beradi. Tiran ho-
kimiyati shafqatsiz bo‘ladi hamda qo‘rquvga asoslanadi. Ushbu hokimiyatning 
yo‘liga g‘ov bo‘lgan guruh yoki jamoa shafqatsiz ravishda bostiriladi.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling