Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Despotiya (yunoncha «despoteia» – cheklanmagan hokimiyat) rejimi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Despotiya (yunoncha «despoteia» – cheklanmagan hokimiyat) rejimi 
hokimiyatning faqat bir kishi tomonidan boshqariladigan mutlaq monarxiyaga 
xosligini anglatadi. Despotiyalar qadim zamonlarda paydo bo‘lib, boshqaruvda 
o‘ta o‘zboshimchalik, raiyatning to‘la huquqsizligi, boshqaruvda huquqiy va 
axloqiy qadriyatlarning yo‘qligi bilan ajralib turadi. Despotiya sharoitida mus-
taqillik, norozilik mumkin bo‘lmay, bunday hodisalar xuddi tiraniyadagi singari 
ayovsiz bostiriladi.
Bunday holatlarda ishlatiladigan chora-tadbirlar o‘ta ayovsiz va shafqat-
siz bo‘lib, jazolash dahshatli tus oladi. Buning sababi xalqni qo‘rquvda 
saqlash hamda o‘rnatilgan hokimiyatning barqarorligini ushlab turishda 
namoyon bo‘ladi.
Demokratik siyosiy rejim. Demokratiya (yunoncha demokratia «demos – 
xalq, kratos – hokimiyat» – «xalq hokimiyati») siyosiy rejimi barcha insonlarning 
tengligi va erkinligini tan olishga, aholini turli jamoat tashkilotlariga birlashti-
rish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini xalq ishtirokida saylash, dav-
lat hokimiyatining taqsimlanishi va xalqning davlatni boshqarishda ishtirok 
etishiga asoslanganligida aks etadi. Demokratik davlat o‘z fuqarolarining 
huquq va erkinliklarini rasmiy ravishda konstitutsiya va qonunlarda e’lon qila-
di, ayni paytda, ularning iqtisodiy zaminini ta’minlaydi hamda kafolatlaydi. 
Demokratik tartib ikki shaklda amalga oshiriladi: 
vakillik demokratiyasi va 
bevosita demokratiya.


99
IV bob.
 Davlatning
shakllari
Vakillik demokratiyasida xalq o‘zi saylagan deputatlari orqali davlat 
ahamiyatiga molik iqtisodiy, siyosiy va huquqiy masalalarni muhokama qilish, 
hal etish haqida qaror qabul qilish va davlatni idora etishda qatnashish imkoni-
yatiga ega bo‘ladi.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling