Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
Siyosiy rejim
4-§. 97 IV bob. Davlatning shakllari boshlig‘i hisoblanadi. Mamlakatda siyosiy plyuralizmga yo‘l qo‘yilmay, yagona rasmiy mafkura o‘rnatiladi. Davlatda eng dono, «xalq otasi» boshchilik qiladi va u buyuk dohiy deb e’tirof etiladi. Totalitar davlat boshqaruvida idora etish tartibi o‘ta markazlashgan bo‘ladi. Barcha fuqarolar yuqoridan keladigan buyruqlarga og‘ishmay amal qiladilar. Har qanday tashabbus taqiqlanadi. Shaxs siyosiy hayotda deyarli ishtirok etmaydi va odamlar hayoti qattiq nazoratga olingan bo‘ladi. Fashistik idora usuli totalitar rejimning avj olgan shakllaridan biri bo‘lib, u millatchilik mafkurasi bir millatning boshqalardan afzalligi to‘g‘risidagi tasav- vurlarga tayanadi. Insonlarning huquq va majburiyatlari qaysi millatga man- subligiga bog‘liq bo‘ladi, shuningdek bu rejim amal qiladigan davlatlarda senz- lar asosan shaxsning millati va irqiga qarab belgilanadi. Ushbu rejim odamlar qonun va sud oldida teng bo‘lishi mumkin emas degan aqidaga tayanadi, faqat bir millatni oliy irqqa mansub deb e’lon qiladi va u barcha imtiyozlarga ega bo‘lishi mumkin, deb hisoblanadi. Bunday hollarda inson va uning shaxsiga nisbatan agressiv kayfiyat hukmron bo‘ladi. Jamiyatda uzluksiz ravishda ijti- moiy ixtiloflar, ommaning qashshoqlashuvi yuz beradi. Avtokratik siyosiy rejim jamoaviy avtokratiya va yakka shaxs avtokrati- yasi ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Jamoaviy avtokratiya o‘z navbatida, aristokratiya va oligarxiyaga bo‘linadi. Aristokratik rejimda hokimiyat aholining muayyan qismini tashkil et- gan zadogonlar qo‘lida to‘planib, xalq davlat boshqaruviga jalb etilmaydi. Aris- tokratiyaning eng muhim xususiyati shundaki, insonning jamiyatdagi mavqei uning ijtimoiy kelib chiqishi bilan belgilanadi. Oligarxiya rejimida aristokratik rejimdan farqli ravishda hokimiyatga egalik qilish insonlarning mulk senziga qarab belgilanadi, hokimiyat aholining mulkdor tabaqasi tomonidan egallanadi. Bunda ham aristokratik rejimdagi sin- gari oddiy xalq davlat boshqaruviga jalb etilmaydi. Oligarxiyaning o‘ziga xos- ligi shundaki, insonning jamiyatdagi mavqei uning boyligi bilan belgilanadi. Nodemokratik siyosiy rejim jamoa avtokratiyasidan farqli ravishda Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling