Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

hududiy, milliy 
va
 milliy-hududiy federatsiya.


94
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
Hududiy federatsiya mamlakatni hududiy belgisi bo‘yicha taqsimlash 
prinsipiga asoslangan. Bu qoidaga ko‘ra, hududi juda katta bo‘lgan davlatlar-
da, boshqaruvni osonlashtirish maqsadida federatsiya tuziladi. Federatsiyaning 
ushbu turini tashkil etuvchi davlat tuzilmalari suveren bo‘lmaydi. Subyektlar 
xalqaro munosabatlarda bevosita ishtirok etish huquqidan konstitutsiya bilan 
mahrum etilgan bo‘lib, ularning ittifoqdan bir tomonlama chiqishi taqiqlangan. 
Qurolli kuchlarni ittifoq idorasi boshqaradi. AQSh, Braziliya, Meksika hududiy 
federatsiyalarga misol bo‘ladi. 
Milliy federatsiyalarda subyektlar, ularda yashovchi millatlar mustaqilligi 
asosida tuziladi. Qoidaga ko‘ra, milliy federatsiya mustahkam tuzilma bo‘lib 
hisoblanadi. Milliy federatsiyanng asosiy xususiyati ko‘ra, federatsiya subyekt-
lari – milliy davlatlar va milliy davlat tuzilmalaaridan iborat bo‘lib, ular asosan 
subyektlarning ixtiyoriylik prinsipiga muvofiq birlashadilar. Katta va kichik 
millatlar suvereniteti kafolatlanadi hamda oliy davlat idoralari federatsiya 
subyektlarining vakillaridan tashkil etiladi. Mazkur federatsiyaga birlashgan 
barcha millatlar o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga ega bo‘ladilar. Sobiq 
Yugoslaviya Ittifoq Respublikasi (Serbiya va Chernogoriyaning ittifoqi edi), 
Chexoslovakiya (1993-yilda Chexiya va Slovakiyaga ajralib ketgan) ittifoqlari 
milliy federatsiyalarga misol bo‘ladi oladi.
Milliy-hududiy federatsiyalar federatsiyalarning alohida turi hisoblanib, 
ittifoqni shakllantirish asosida ham milliy, ham hududiy prinsip yotadi. Milliy-
hududiy federatsiyalarga: Rossiya Federatsiyasi (72 subyekt, ularda yashovchi 
millatlar, xususan, subyektda ko‘pchilikni tashkil etmaydigan millatlar asosida 
tashkil topgan hamda asosan rus aholisi istiqomat qiladigan 57 subyekt – hududiy 
tuzilmadan iborat); Germaniya (aholisi, o‘tmishda nemis millatiga yaqin bo‘lgan 
aholidan iborat 16 hududiy tuzilma – yerlardan iborat).
Davlat tuzilish shaklining yana bir turi – bu konfederatsiyadir.
Konfederatsiya bir necha davlatlarning ayrim muhim sohalar, ya’ni 
iqtisodiy, siyosiy, mudofaa masalalari bo‘yicha tuzgan ittifoqidir. Konfederatsi-
yada yagona davlat hududi, yagona fuqarolik bo‘lmaydi. Konfederatsiya bu to‘la 
mustaqil davlatlarning ayrim sohalar bo‘yicha tuzadigan ko‘ngilli ittifoqidir. 
Konfederatsiya davlat tuzilish shakli hisoblanib, u shartnoma yoki bitim aso-
sida tuziladi hamda muvaqqat xarakterga ega bo‘ladi. Ular keyinchalik asosiy 
maqsadga erishganidan so‘ng tarqalib ketishi yoki tuzilgan ittifoqni mustah-
kamlab federatsiyaga o‘tishi, yoxud qo‘shilib unitar davlat bo‘lib ketishi ham 
mumkin.
Konfederatsiyaning federatsiyadan farqi shuki, federatsiya alohida dav-
latlarning yagona davlatga birlashish borasidagi ittifoqi bo‘lsa, konfederatsiya 
mustaqil davlatlarning cheklangan sohalardagi ittifoqidir, ya’ni konfederatsiya 



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling