Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlatning tuzilish shakli
91
IV bob. Davlatning shakllari va «kuchli prezident» mavjudligi bilan boshqaruvning boshqa shakllaridan ke- skin farq qilib, prezident va parlament vakolatlari o‘rtasidagi muvozanatning mavjudligida namoyon bo‘ladi. Prezident umumxalq ovoz berish yo‘li bilan saylanadi. U keng vakolat- larga ega bo‘lsa-da, lekin hukumat boshlig‘i bo‘lmaydi. Prezidentlik lavozimi bilan bir qatorda, keng vakolatlarga ega bo‘lgan Bosh vazir mansabi nazarda tutiladi. Hukumatni tuzishda prezident ham, parlament ham faol ishtirok etadi. Hukumat ham parlament oldida (ishonchsizlik votumi), ham prezident oldida mas’uldir. Aralash respublika shakliga hozir Fransiya va Armaniston davlatlaridagi mavjud boshqaruv shaklini misol sifatida ko‘rsatish mumkin. Davlat hokimiyatini hududiy nuqtayi nazardan tashkil etish va amalga oshirish – murakkab, ko‘p tarkibli hodisa bo‘lib, unda davlat tuzilishining muayyan tartibi, davlatning alohida tarkibiy qismlari o‘rtasidagi bog‘lanish va o‘zaro aloqadorlik munosabatlari nazarda tutiladi. Bu milliy-davlat qurilishi, ma’muriy-hududiy tuzilish, iqtisodiy va maxsus hududlarga ajratishni ham qamrab oladi. Davlatning tuzilish shakli deganda, muayyan davlatning siyosiy, ma’muriy, hududiy tuzilishi va uning oliy organlari bilan mahalliy organlari o‘rtasidagi aloqalar e’tirof etiladi. Davlatning tuzilish shakli ikkiga bo‘linadi: oddiy (unitar) va murakkab (federativ va konfederativ). Oddiy (unitar) davlat tuzilishida mamlakat ma’muriy-hududiy qismlar- ga (viloyatlar, shtatlar, okruglar, grafliklar, tumanlarga) bo‘linib, u yagona oliy organ, yagona boshqaruv organlari tizimiga, faqat bitta umumdavlat konstitutsiyasiga, yagona fuqarolikka, muayyan yaxlit hudud, davlat chega- rasi, yagona armiya, yagona pul birligi va qonunchilik tizimiga ega bo‘ladi. Bunda har bir ma’muriy-hududiy birlik davlat tuzilmasi maqomiga ega bo‘ladi. Unitar davlatlar (lotincha «unitas» so‘zidan olingan bo‘lib – «yagona», «bir butun» degan ma’noni anglatadi) oddiy tuzilishga ega yaxlit davlat bo‘lib, to‘la siyosiy birlik ekanligi bilan farqlanib turadi. Unitar davlatlar hududida boshqa mustaqil davlatlar, mamlakat tarkibida davlat belgilariga ega alohida hududiy tuzilmalar, ya’ni, «davlat ichidagi dav- latlar» bo‘lmaydi. Unitar davlatlar tarkibidagi ma’muriy-hududiy bo‘linmalar faqat mahalliy masalalarni hal etish huquqiga ega, markaziy yagona davlat hokimiyati mamlakatning butun hududiga o‘z ta’sirini, yurisdiksiyasini tanho o‘tkazadi. Barcha ma’muriy hududlar uchun yagona qonunchilik tizimi, moliya- Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling