Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
93
IV bob. Davlatning shakllari Federativ davlat tuzishning o‘ziga xos asoslari bo‘lib, ularning inkor etili- shi kelajakda bu kabi tuzilmaning barham topishiga olib kelishi mumkin: bi- rinchidan, federatsiya tashkil etilishi uchun ikki yoki undan ortiq davlatlarning bo‘lishi talab etiladi; ikkinchidan, davlatlar nisbatan uncha katta bo‘lmagan shaklda tuzilgan bo‘lishi lozim, chunki federatsiyani markazdan turib boshqarish imkoniyati va unga qulaylik yaratilishi talab etiladi. Agar federatsiya tarkibida juda ko‘p davlatlar birlashtirilsa, bunday federatsiya samarasiz bo‘lib qolishi mumkin; uchinchidan, shartlashayotgan davlatlar bir-biriga haqiqatan ham strategik, ham xo‘jalik, ham siyosiy jihatdan aniq ehtiyoj sezishi lozim. Aslida ham federatsiyaning yuzaga kelishida davlatlarning o‘zaro tabiiy ehtiyoji asosiy o‘rin egallaydi. Ehtiyojsiz birlashuv esa, o‘z navbatida, zo‘ravonlik, bosqinchilik, qolaversa, buyuk davlatchilik shovinizmiga xos xususiyatdir; to‘rtinchidan, xalqda o‘z burchini anglash hissi tarbiyalangan, majburiyatlar va shartnoma- larga xolis va sadoqat bilan qarash, o‘z sha’ni va qadr-qimmatini bilish, davlat sifatida o‘zini o‘zi boshqara olish qobiliyatiga ega bo‘lgan xalqlar bor joydagina federatsiya tuzish maqsadga muvofiqdir. Federatsiyada hokimiyat idoralarining ikki tizimi amal qiladi: federal darajada va federatsiya subyektlari darajasida. Federativ davlat o‘z tarkibiga kiruvchi subyektlarining qonun chiqaruvchi or- ganlari, hukumati, alohida sud organlari kabi qator davlat tuzilmalarining it- tifoqidan iborat bo‘ladi. Federativ davlatning belgilari quyidagilardan iborat: Birinchidan, uning hududi subyektlar hududi yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Ikkinchidan, oliy qonun chiqaruvi, ijro etuvchi va sud hokimiyati federatsiya va subyektlar miqyosida ikki pog‘onali bo‘ladi. Federatsiya va uning subyektla- rining vakolatlari federatsiya konstitutsiyasida belgilab qo‘yiladi. Uchinchidan, ikki fuqarolik mavjud bo‘lib, u har bir fuqaroning bir vaqtning o‘zida ham federativ davlat fuqarosi, ham federatsiya subyekti fuqarosi ekanligini bildiradi. To‘rtinchidan, federatsiyaning oliy qonun chiqaruvchi (vakillik) idorasi ikki palatali tuzilishga ega: quyi palata butun mamlakatning manfaatini, yuqori palata federatsiya subyektlari manfaatlarini ifoda etadi. Beshinchidan, marka- ziy hukumatga bo‘ysunuvchi yagona qurolli kuchlar, politsiya, xavfsizlik xiz- matlari, bojxona tizimi mavjud bo‘ladi. Oltinchidan, federatsiyaning subyekt- lari davlat belgilariga – o‘z konstitutsiyasiga, oliy davlat hokimiyat organlariga (subyekt boshlig‘i, parlament, hukumat), o‘z ramzlariga ega bo‘ladi. Federatsiya tarkibiga kiruvchi davlatlar ixtiyoriy ravishda birlashib markazlashgan davlatni tashkil qiladi. Federatsiyada barcha a’zo subyektlar nomidan markaziy idoralar ish olib boradi va uning manfaatlarini ifoda etadi. Federatsiyaning bir-biridan farqlovchi uch turi mavjud: Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling