Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
100
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi tibdagi davlat. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan kunidan bosh- lab hozirgi kunga qadar o‘zining mustaqil taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi. Bu O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A. Karimovning: «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» risolasida ham ko‘rsatib o‘tilgan. Bu risolada yosh, suveren davlat rivojlanishining besh tamoyili belgilab berilgan: – iqtisodning siyosatdan ustunligi, davlat – bosh islohotchi ekanligi, qonun ustuvorligi, is- lohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi va kuchli ijtimoiy siyosat yuritilishi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston o‘z taraqqiyot yo‘lida umuminsoniy qadri- yatlarni qayta tiklash, inson huquq va erkinliklari ustuvorligini tan olish aso- sida xalqaro va milliy davlatchilik tajribalariga asoslanib, kelgusida demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etadi. 1991-yilning 31-avgust kuni o‘zbek xalqining o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi amalga oshdi – O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e’lon qilindi. Respublika barcha ko‘pmillatli aholisining xohish-idorasi «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to‘g‘risida» gi konstitutsiyaviy qonunda mustahkamlandi hamda umumxalq referendumida o‘zining yakdil tasdig‘ini topdi. Mustaqillik qo‘lga kiritilishi bilan mamlakatda darhol demokratik huquqiy davlat asoslari vujudga keltirila boshladi. Respublikada ho- kimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sudlov hokimiyatlariga bo‘linishi tamoyili amal qilmoqda. Ikki palatali parlamentning qaror topishi (2004-yil dekabr – 2005-yil yanvar) davlatchiligimiz taraqqiyotida yangi bosqichni bosh- lab berdi. Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senatining huquqiy asosini vujudga keltirish maqsadida «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonun- chilik palatasi to‘g‘risida», «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida» hamda «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilindi. Bularning hammasi qonun chiqarish ishini yanada faol yo‘lga qo‘yishni taqozo etadi. Davlat boshqaruvining yangi tizimi shakllandi. Boshqaruvning prezi- dentlik respublikasi shakli bu tizimning o‘zagi bo‘ldi. Joylardagi boshqaruv tizimida viloyatlar, tumanlar va shaharlarda hokimlik lavozimlari joriy etildi. Qonun ustuvorligini, qonun oldida barcha fuqarolarning tengligini ta’minlovchi sud hokimiyatini qayta tashkil etish va vakolatlarini yanada kengaytirish ish- lari faol olib borilmoqda. «Siyosiy rejim» barcha siyosiy institutlar, jumladan davlat, siyosiy par- tiya, saylanadigan birlashmalar, ommaviy ijtimoiy tashkilot va boshqalarning amaldagi faoliyatini ifoda etadi. Siyosiy yoki davlat rejimlarini o‘rganish dav- lat nazariyasi fanining vazifasidir. Davlat nazariyasida «davlat rejimi» tushun- chasi muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu ibora davlat nazariyasida davlat faoliyatining usullarini, metodlarini tavsiflash uchun foydalaniladi. Bu esa, o‘z |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling