104
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
Davlatning
tabiati va ijtimoiy-tarixiy
missiyasi (ijtimoiy vazifasi)
uning funksi-
yalarida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Davlatni
o‘rganishga funksional yondashuv, ya’ni
uni dinamik (harakatlanishdagi, faoliyat
ko‘rsatishdagi) vaziyatda
tavsiflashni anglat-
di. Davlatni funksional tahlil etish,
birinchidan, davlat tushunchasini chuqurroq
mushohadalashga ko‘maklashadi;
ikkinchidan, davlat faoliyatining mazmuni-
ni, aniq tarixiy vaziyatda harakatlanish mexanizmini ilmiy izohlash imkonini
beradi;
uchinchidan, davlat boshqaruvini oqilona
amalga oshirish uchun
davlatning tashkiliy strukturasini takomillashtirishga xizmat qiladi. Davlat
faoliyatining
turli tomonlarini tavsiflash, tushuntirish
va bashorat qilish uchun
«davlat funksiyalari» kategoriyasidan, davlatning siyosiy
tizim instituti sifa-
tida qanday faoliyatni amalga oshirishiga beriladigan tavsifdan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: