Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Huquqiy tartibotni muhofaza qilish (huquqni muhofaza qilish)
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tabiatni muhofaza qilish (ekologiya) funksiyasi
Huquqiy tartibotni muhofaza qilish (huquqni muhofaza qilish)
funksiyasi – davlatning ijtimoiy munosabatlar barcha ishtirokchilari davlat tomonidan chiqarilgan qonunlarni aniq va to‘la bajarishini ta’minlashga qara- tilgan faoliyatidir. Jamiyat va davlat hayoti adolatli qonunlar negiziga qurilgan huquqiy dav- latda shaxs, jamiyat, davlat manfaatlari har qanday noqonuniy tajovuzlardan muhofaza qilinadi. Davlatning huquqni muhofaza qilish faoliyati markazida, 112 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi birinchi navbatda, shaxsning fuqaro sifatidagi, jamiyat a’zosi sifatidagi, erkin individ sifatidagi shaxsi, shuningdek davlatning o‘zi va unga qarashli turli tuzilmalar turadi. Shuning uchun shaxsning huquqlari va qonuniy manfaatla- rini muhofaza qilish bilan bir paytda davlat o‘zi hamda butun jamiyat manfaat- larini muhofaza qiladi. Huquqbuzarliklarga qarshi kurash – davlatning huquqni muhofaza qilish faoliyatining muhim tomoni, ammo bu boradagi faoliyatning asosiy yo‘nalishi emas. Davlat zimmasiga jamiyat hayotida erkinlik va adolat negizida yaratil- gan huquqiy normalar talablariga to‘liq javob beradigan tartibni saqlab turish hamda ularni maxsus organlar (sud, prokuratura, ichki ishlar organlari va boshqa shu kabilar) yordamida ta’minlash yuklatilgan. Mamlakatda barqaror huquqiy-tartibotni saqlash – butun davlat, uning jami organlari tizimining vazifasidir. Davlat faoliyatining majburlov tomoni fuqarolar va davlat o‘rtasida uyg‘un, obyektiv yuzaga kelgan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va axloqiy munosa- batlar tarkib topgan sari sekin-asta o‘z ahamiyatini yo‘qotib boradi. Majburlov ma’rifiy taraqqiy etgan jamiyatning huquqiy tartibiga o‘z o‘rnini bo‘shatib be- radi. 4. Tabiatni muhofaza qilish (ekologiya) funksiyasi – hozirgi kunda har qanday davlatning, umuman, butun jahon hamjamiyatining hayotiy muhim faoliyatidir. Atrof-muhit birgalikda yashash obyekti sifatida o‘ziga nisbatan o‘ta oqilona hushyor va baodob, sergak munosabatda bo‘lishni talab qiladi. Hozirgi O‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilish maqsadiga qaratilgan qonunlarning keng ko‘lami ishlab chiqilgan bo‘lib, ularda odamlar va tabiiy muhitdan foydalanish sohasidagi turli tashkilotlarning faoliyati barqaror tar- tibga solingan (hayvonot dunyosi, atmosfera havosi, tabiiy resurslar va suvni muhofaza qilish to‘g‘risida qonunlar qabul qilingan). Atrof-muhitni muhofaza qilish borasida ishlab chiqilib, hozirda amal qilib turgan dasturlarda tabiiy muhit yaxlitligini va muvozanatini buzuvchilarga qarshi faol ta’sir choralarini ko‘rish, hatto tabiiy muhitni ifloslantiruvchi zararli chiqindi manbalariga to‘liq barham berishgacha bo‘lgan choralarni qo‘llash nazarda tutilgan. 2017-yil 21-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomil- lashtirish to‘g‘risida»gi Farmoni e’lon qilindi. Unda ta’kidlanganidek, Respub- likada ekologik xavfsizlikni ta’minlash va atrof-muhitni muhofaza qilish soha- sida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish, ekologik holatni yaxshilash, chiqindilarning fuqarolar sog‘ligiga zararli ta’sirining oldini olish, aholi turmush darajasi va sifatini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish, maishiy chiqin- dilarni yig‘ish, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va ko‘mish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling