Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

111
V bob.
 Davlatning
funksiyalari
Moliyaviy nazoratning o‘ziga xos funksiyalari soliq va bojxona organlari 
tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu organlar moddiy boyliklarning davlat 
chegarasidan olib o‘tilishi ustidan nazorat qiladilar hamda bojxona yig‘imlari 
va bojlarini, shuningdek soliqlar va boshqa umumiy majburiy to‘lovlarni undira-
dilar. Davlat chegarasidan bojxona idoralarining nazorati ostida o‘tkaziladigan 
tovarlar va mol-mulkdan undirilgan pul yig‘imlari davlat daromadiga o‘tkaziladi. 
Samarali moliyaviy nazorat davlatga muayyan mablag‘ to‘plash imkonini 
beradi. Bunday mablag‘ to‘plashdan ko‘zlangan maqsad ulardan yana jamiyat 
manfaatlari yo‘lida foydalanishdir. 
2. 
Davlatning ijtimoiy funksiyasi shaxsning ijtimoiy himoyalangan-
ligi, moddiy boyliklar yaratishda bevosita ishtirok etishi yoki ishtirok etmasligi-
dan qat’i nazar, jamiyatning barcha a’zolari uchun munosib turmush sharoitini 
ta’minlashga qaratiladi. 
Huquqiy davlatda moddiy boyliklarni ta’minlash ishlab chiqaruvchilar va 
iste’molchilar o‘rtasidagi erkin ekvivalent almashuvdan tashqari ham amalga 
oshiriladi. Davlatning ijtimoiy siyosati, birinchidan, turli obyektiv sabablarga 
ko‘ra to‘laqonli mehnat qila olmaydiganlar (bemorlar, nogironlar, keksalar, ta-
labalar, bolalar) uchun munosib turmush tarzini ta’minlash maqsadida ijtimoiy 
boyliklarni yaratishga qo‘shilgan mehnat ulushidan qat’i nazar uni taqsim-
lashni taqozo etadi. Ikkinchidan, davlat sog‘liqni saqlash, madaniy dam olish
maorif, ta’lim, uy-joy qurilishi, transport va aloqaning benuqson ishlashi uchun 
zarur mablag‘lar ajratadi. Aynan shu orqali davlat fuqarolarning sog‘lig‘ini 
saqlash, dam olish, uy-joyli bo‘lish, ta’lim olish, madaniyat yutuqlaridan foy-
dalanishga bo‘lgan huquqlari, ya’ni ijtimoiy huquqlarini lozim darajada ro‘yobga 
chiqarilishini ta’minlaydi. Bunday huquqlardan davlatning barcha fuqarolari 
imkon qadar to‘liq hajmda foydalanishlari kerak. 
Demokratik davlat iqtisodiy jihatdan nochor ahvolda qolgan barcha 
kishilarning aniq ijtimoiy himoya qilinishini kafolatlaydi va mamlakat butun 
aholisining ijtimoiy ehtiyojlariga ajratiladigan mablag‘larni muttasil ko‘paytirib 
boradi. Moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratuvchilar erkinlik hamda iqtisodiy 
mustaqillikka ega bo‘lsalargina, davlat mamlakat aholisiga nisbatan adolatli 
ijtimoiy siyosat o‘tkazishga qodir bo‘ladi. 
3. 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling