Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
qonun chiqarish (qonun ijodkorligi), boshqaruv, huquq-
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
qonun chiqarish (qonun ijodkorligi), boshqaruv, huquq-
ni muhofaza qilish (shu jumladan, sudlov) va axborot funksiyalariga bo‘linadi. Bunday tasniflashning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u davlat ho- kimiyatini ro‘yobga chiqarish jarayonini, hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipini ifodalaydi. Bu qonunchilik (vakillik), ijro etish, sud hokimiyati tarmoqlari faoli- yati bilan bog‘liq rasmiy tasniflashdir. Shunday bo‘lsa-da, ushbu tasnifdan il- miy va amaliy maqsadlarda tez-tez foydalaniladi. «To‘rtinchi hokimiyat» deb ataluvchi ommaviy axborot vositalari faoliyatini ko‘rsatuvchi axborot tarqatish vazifasiga alohida e’tibor qaratish lozim. Bu funksiya ham o‘zining mazmuni, tuzilishi, ta’minlash usullari va vositalariga ega. Ushbu funksiyaning o‘ziga xos xususiyati quyidagilardan iborat: aholini aniq maqsadga yo‘naltirilgan axborot bilan ta’minlash, ijtimoiy ongga axborot orqali ta’sir ko‘rsatish va axborot uzatishning boshqa usullaridan iborat bo‘lib, hokimiyat barcha tarmoqlarining, butun davlatning amal qilishi va faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi. Umuman olganda, aytish joizki, davlat funksiyalari – davlatning yaxlit, siyosiy, institutsional, hududiy jihatdan yagona va ayni vaqtda, diffe- rensiatsiyalashgan faoliyati yo‘nalishidir. Shuning uchun davlat nazariyasida 109 V bob. Davlatning funksiyalari davlat funksiyalarini ichki va tashqi funksiyalarga ajratish, ya’ni davlatning jamiyatga (davlatning o‘zi ham jamiyatning alohida tashkiloti hisoblanadi) mu- nosabati bo‘yicha (ichki funksiyalar) va davlat shaklida tashkil topgan boshqa jamiyatlarga, boshqa davlatlarga nisbatan munosabati (tashqi funksiyalar) bo‘yicha faoliyatini aniqlash funksiyalarni taqsimlashning g‘oyat keng tarqal- gan va e’tirof etilgan usulidir. Davlatning ichki funksiyalari – uning jamiyat ichki hayotini boshqarish bo‘yicha faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridir. Ichki funksiyalarni tasniflash davlat faoliyatining sohalari bo‘yicha amalga oshiriladi. Boshqaruv shakllari yoki davlat qurilishidan qat’i nazar, har bir davlat bir qator asosiy iqtisodiy, ijtimoiy, muhofaza va nazorat qilish vazifalarini hal etadi. Bun- dan tashqari, hozirgi vaqtda atrof-muhitni muhofaza qilish barcha davlatlarning eng muhim vazifasidir. Davlat faoliyatining mazkur sohalariga muvofiq uning ichki funksiyalari iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy nazorat, huquqiy tarti- botni ta’minlash va tabiatni muhofaza qilish funksiyalariga bo‘linadi. 1. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling