Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
107
V bob. Davlatning funksiyalari «Davlat funksiyasi» bilan «davlatning vazifasi» tushunchalarini chalkashtir- maslik lozim, ular bir xil hodisalar emas. Davlat oldida uning turli taraqqiyot bosqichlarida har xil vazifalar turadi. Ushbu vazifalarni hal etish uchun dav- lat funksiyalari bajariladi. Vazifa – bu jamiyat va davlat oldida turgan, o‘z yechimini kutayotgan muammo yoki masala. Funksiya esa, davlat faoliyatining yo‘nalishi, ijtimoiy muammolarni hal etish yo‘llaridir. Demak, funksiya hal etiladigan vazifalarga bog‘liq holda paydo bo‘ladigan davlat faoliyatining turi- dir. Tabiiyki, turli tarixiy vaziyatlarda davlat oldidagi vazifalar o‘zgarib turadi. Shunga ko‘ra, davlatning funksiyalari ham o‘zgarishi mumkin. Davlatning maqsadi asosiy u intiladigan farovon, yorqin kelajak bo‘lib, uning barcha vazifalari ana shu oliy maqsadni ta’minlashga yo‘naltiriladi. Maqsad ustuvor bo‘lib, vazifalar uning manfaatiga bo‘ysundiriladi. Shunday qilib, davlat funksiyasi tushunchasi davlatning tabiatini, uning faoliyati mazmunini chuqurroq anglash imkonini beradi. Davlatning mexaniz- mi (apparati) va shakllari uning statik holatini tahlil etish hamda idrok etish imkonini bersa, davlatning funksiyasi uning dinamik holatini tushunishga yo‘l ochadi. Davlat funksiyalarini o‘rganish, bu so- hadagi ilmiy bilimdan amaliyotda foydalanish davlat nazariyasi fani to‘plagan davlat-huquqiy munosabatlarga doir jami materiallarni tar- tibga solishni taqozo etadi. Buning uchun yuqorida ta’kidlanganidek, dav- lat-huquqiy hodisalar hamda jarayonlarni bilishda ilmiy tasniflash uslubidan foydalaniladi. Zero, ushbu uslubdan foydalanilmasa, davlat-huquqiy hodisalar hamda jarayonlarni har tomonlama tartibga solish va taqqoslash mushkul. Davlat funksiyalarini o‘rganishda ham tasniflash uslubidan samarali foy- dalaniladi. U yoki bu funksiyalarni muayyan bir turkumga, guruhga kiritish im- konini beruvchi tasniflash mezonlari, ya’ni belgilari (ularning yig‘indisi) turli xususiyatga ega. Masalan, davlat faoliyatining obyektlari va sohalari, hududiy ko‘lamlari, ijtimoiy munosabatlarga davlat tomonidan ta’sir ko‘rsatish usuli, vazifalarning mazmuni bir-biridan farq qiladi. Darhaqiqat, ilmiy va amaliy maqsadlarda davlat funksiyalari turli me- zonlar bo‘yicha tasniflanishi mumkin. Davlat funksiyalari amal qilish vaqti bo‘yicha Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling