Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
115
V bob. Davlatning funksiyalari Davlatlarning siyosat sohasidagi hamkorligi, eng avvalo, tinchlik va urush masalalarida namoyon bo‘ladi. Jahon hamjamiyati taraqqiyotining hozir- gi darajasi davlatlarga global qurolli to‘qnashuvlarni chetlab o‘tish imkonini beradi. Davlatlar o‘rtasidagi siyosiy hamkorlik davlat hokimiyatining barcha bo‘g‘inlari – parlamentlararo, hukumatlararo, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari darajasida amalga oshirilmoqda. 1991-yilda paydo bo‘lgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) aso- san iqtisodiy hamkorlik prinsiplari negiziga qurilgan. Uning doirasida siyo- siy, ijtimoiy, madaniy va boshqa sohalarda davlatlararo hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti hozirgi davlatlarning siyosiy manfaatlarini uyg‘unlashtiruvchi asosiy xalqaro organdir. Nizolarni, shu jumladan, harbiy nizolarni siyosiy yo‘l bilan bartaraf etish masalalari BMTning doimiy organi – Xavfsizlik Kengashining diqqat markazida turadi. Ushbu Kengash xalqaro tinchlikni saqlash va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, davlatlararo muno- sabatlarning turli-tuman sohalarida hamkorlikni rivojlantirish borasida keng vakolatlarga ega. Madaniyat va fan-texnika sohasidagi hamkorlik turli shakllarda hamda turli davlatlararo darajalarda amalga oshiriladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotida bunday hamkorlik Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha ixtisoslashtiril- gan muassasalar (YUNЕSKO), Atom energetikasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) va boshqalar tomonidan muvofiqlashtirib boriladi. Madaniy va fan- texnika hamkorligining muayyan masalalari esa, davlatlar o‘rtasidagi ikki to- monlama yoki ko‘p tomonlama shartnomalar asosida hal etiladi. Xalqaro va fan-texnika sohasidagi hamkorlik doirasida ilmiy axborot, san’at asarlari, musiqa va sahna madaniyati yutuqlarini ayirboshlash, birga- likda mutaxassislar tayyorlash, fan va madaniyat muammolari bo‘yicha turli festivallar, konferensiyalar o‘tkazish, olimlar, fan va madaniyat arboblari, sport- chilar o‘rtasida bevosita aloqalar o‘rnatish amalga oshiriladi. Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik ko‘pchilik davlatlarning sayyoramizda mo‘tadil ekologik vaziyatni asrab qolish borasidagi say’-harakat- larini birlashtiradi. Ushbu faoliyat barcha masalalarni qamrab olib, insoniyat hayotining davom etishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan ekologik shart- sharoitlarni yaratishga qaratilgan. Bu boradagi ishlar BMTning ixtisoslashtiril- gan muassasalari tomonidan ham, mintaqaviy va boshqa davlatlararo organlar tomonidan ham amalga oshirilmoqda. Atrof-muhitni muhofaza qilish uchun davlatlarning kosmonavtika, tibbiyot, biologiya, elektronika sohalarida erish- gan eng yangi yutuqlaridan foydalanilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi – Shanxay Hamkorlik Tashkilotining faol a’zosi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling