Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

113
V bob.
 Davlatning
funksiyalari
1. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi 
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat 
qo‘mitasi etib qayta tashkil etilsin. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va 
atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish 
davlat qo‘mitasi faoliyatining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foy-
dalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat boshqaruvi;
atrof-muhitning qulay ekologik holatini, ekologik tizimlar, tabiiy kom-
plekslar va alohida obyektlar muhofaza qilinishini, ekologik sharoitning 
sog‘lomlashtirilishini ta’minlash va boshqalar
1
.
Mazkur farmon munosabati bilan 2017-yil 27-mayda Konstitutsiyaning 
80, 93, 108 va 109-moddalariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida qonun qabul 
qilindi
2
. Qonunda Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining maqomi va 
nomi o‘zgarganligi, u bundan buyon Vazirlar Mahkamasiga hisobot berishi 
munosabati bilan (ilgari ushbu qo‘mitaning raisi Senat tomonidan tayinlanar 
va Senatga hisobot berar edi) ushbu masalalar Senat vakolatidan chiqarilgan-
ligi belgilandi.
Qayta tashkil etilgan Davlat qo‘mitasi shuningdek, ekologiya va atrof-
muhitni muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtirish, tabiatni muhofaza qilish 
va resurslarni tejash borasida yagona siyosatni amalga oshirishga oid amaliy 
chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda idoralararo hamkorlikni 
ta’minlash;
Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘rmonlar, muhofaza qilinadigan tabiiy hudud-
lar, hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish, 
atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi us-
tidan davlat ekologik nazoratini amalga oshirish bilan shug‘ullanadi.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling