Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

116
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
Hozirgi vaqtda davlatlarning tashqi faoliyati xalqaro-huquqiy normalarga 
asoslanadi, jahon hamjamiyatiga kiruvchi barcha xalqlarning tub manfaatlari 
va milliy xususiyatlarini imkon qadar hisobga oladi.
Tashqi hujumdan mamlakatni mudofaa qilish bo‘yicha davlat 
funksiyasi – davlat faoliyatining muhim yo‘nalishidir. Tarixning guvohlik 
berishicha, davlat tarzida uyushgan jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida 
mamlakatning erkinligi va mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini 
tashqi tajovuzlardan himoya qilish obyektiv zaruriyat bo‘lib kelgan.
Vatanni himoya qilish, davlat hududini bosqinchilardan ozod etish uchun 
olib borilgan urushlar, xalqaro huquq nuqtayi nazaridan qonuniy va adolatli hi-
soblanadi. Mamlakatni mudofaa qilish funksiyasi iqtisodiy, siyosiy, diplomatik 
va harbiy vositalar orqali amalga oshiriladi. Bu funksiya tinchlik vaqtida mam-
lakatni ehtimol tutilgan tashqi hujumni qaytarishga har tomonlama tayyorlash-
dan iboratdir. Urush vaqtida esa, mudofaa funksiyasi dushman bilan bevosita 
qurolli kurash shakliga ega bo‘lib, unda g‘alabaga erishish uchun mamlakat-
ning butun imkoniyati va barcha kuchlarini birlashtirish ro‘y beradi.
O‘zbekiston Respublikasi o‘zining mudofaa doktrinasini e’lon qilib, uni 
izchil amalga oshirmoqda. Mazkur doktrinaning mohiyati boshqa davlat yoki 
davlatlar guruhi tomonidan ehtimol tutilgan tajovuzga barham berish uchun 
maqbul darajada yetarli kuch va vositalarni yaratishdan iborat. «Mamlakatni 
mudofaa qilish funksiyasi» tushunchasi ma’nodor va serqirradir. Bu tushuncha 
mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, tinchlik vaqtida ham, urush 
vaqtida ham Qurolli Kuchlarning jangovar qudrati va qobiliyatini saqlab turish 
bo‘yicha davlat tadbirlarining butun tizimini o‘z ichiga oladi.
Davlatning mudofaa faoliyati uning harbiy doktrinasiga asoslanib, 
quyidagi asosiy yo‘nalishlardan tarkib topadi.
Mamlakatning mudofaa qudratini mustahkamlash. Fan-texnika 
taraqqiyotining eng yangi yutuqlariga tayangan, rivojlangan va samarali iqti-
sodiyot mamlakatning yuksak mudofaa qobiliyatini ta’minlaydi, ya’ni Qurolli 
Kuchlarning ehtiyojlarini qondirish, mamlakat mudofaa salohiyatini mustah-
kamlash uchun barcha zarur narsalarni ishlab chiqarish imkonini beradi. 
Zamonaviy iqtisodiyot armiyani texnika va qurol-yarog‘larning eng yangi na-
munalari, davlat mudofaa salohiyatining boshqa tarkibiy qismlari bilan zarur 
darajada ta’minlaydi.
Qurolli Kuchlarni muntazam ravishda takomillashtirish, ularning 
jangovar qobiliyati va tayyorgarligini muttasil oshirib borish. O‘zbekiston 
Respublikasining Prezidenti mamlakat Qurolli Kuchlari Bosh qo‘mondoni sifatida 
Qurolli Kuchlar qudratli, harakatchan va moslashuvchan, zamonaviy himoya 
vositalariga ega bo‘lishi, harbiy texnika va qurol-yarog‘larning barcha turlari-



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling