Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Davlat 
funksiyalari: 
muammolar va 
istiqbol
4-§.


118
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
Yuqorida bayon etilganlar munosabati bilan davlat vazifalarini mavjud 
tamoyillar o‘zanida rivojlantirishning taxmin qilinayotgan ayrim jihatlarini 
ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, davlat funk-
siyalari o‘zgarishiga nafaqat davlatning o‘zidagi, balki davlat amal qilishining 
shart-sharoitlaridagi o‘zgarishlar, ya’ni tashqi shart-sharoitlar, davlat «yashab 
turgan», amal qilayotgan tashqi muhitning o‘zgarishlari ham ta’sir ko‘rsatadi. 
Davlat funksiyalarining rivojlanish tendensiyalari bu vazifalar ham davlatning 
mohiyati va rasmiy tavsifining ta’siri ostidagi, ham o‘zgarib borayotgan tashqi 
muhit ta’siri ostidagi rivojlanishi va o‘zgarishini o‘z ichiga oladi. Bunda har 
ikki jarayon ham nisbatan mustaqil deb tavsiflansa-da, bir-biri bilan chambar-
chas bog‘liq ekanligini hisobga olish lozim. 
Eng avvalo, davlat funksiyasiga butun fan-texnika taraqqiyoti intellek-
tual rivojlanish muayyan ta’sir ko‘rsatadi. Boz ustiga hozirgi barcha davlatlar-
ning funksiyasiga XXI asrdagi fan-texnika yutuqlari o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. 
Ta’kidlash joizki, bunday ta’sir ikki tomonlama bo‘ladi. Bir tomondan, ta’lim 
va fanni, ayniqsa fundamental fanni qo‘llab-quvvatlash, uning natijalaridan 
foydalanish, jamiyatning intellektual salohiyatini rivojlantirish va boyitish kabi 
davlat faoliyatining hayotiy muhim yo‘nalishi birinchi o‘ringa chiqadi. Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturini ro‘yobga chiqarishda erishilgan muvaffaqiyatlarni 
hisobga olgan holda hozirgi vaqtda davlatimizning ta’lim sohasidagi funksiyasi 
mustaqil funksiya sifatida ajratilgan. Boshqa tomondan esa, hozirgi zamonda 
fan-texnika sohasida nazoratdan tashqari paydo bo‘ladigan yutuqlar va ular-
dan foydalanish tufayli paydo bo‘ladigan xavfni cheklash taqozo etiladi. Bu, 
ayniqsa, yadroviy texnologiyalar, genetika, tibbiyot biologiyasi va boshqa shu 
kabilarga taalluqlidir.
Fan sohasida davlat tomonidan intellektual mulkni qo‘llab-quvvatlash va 
himoya qilish, ya’ni ilmiy faoliyatni samarali olib borish uchun shart-sharoitlar 
yaratish, ilmiy ishlar natijalari ularning yaratuvchilariga tegishliligini muho-
faza qilish, ushbu mehnatning adolatli baholanishini ta’minlash va ana shu 
natijalardan foydalanganlik uchun munosib taqdirlash kabi faoliyatning yangi 
sohalari paydo bo‘lmoqda. Fan-texnika taraqqiyotining, ayniqsa genetika, tib-
biyot biologiyasi va boshqa shu kabi yangi sohalardagi taraqqiyotning zararli 
oqibatlarini cheklash borasidagi davlat faoliyati ham muhimdir. Yangi ilmiy 
yo‘nalish, ya’ni inson organlarini transplantansiya qilish, jinsni o‘zgartirish, 
sun’iy homila bilan bog‘liq bioetika shakllanmoqda, evtanaziya muammolari 
yuzaga kelmoqda. Bu sohaga davlatning nazorat qilish va tartibga solish tar-
zida aralashmasligining iloji yo‘q. 
Ekologik omil ham davlat funksiyasining evolyutsiyasiga muayyan ta’sir 
ko‘rsatmoqda. Ushbu ta’sirning mohiyati shundaki, agar hozirgi zamonda har 



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling