Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
119
V bob. Davlatning funksiyalari bir davlat o‘z hududida aholisining yashash shart-sharoitlari munosib darajada saqlanishini o‘z zimmasiga olmasa, ya’ni insoniyatning umumiy tabiiy muhitda normal yashashini saqlab turish borasida boshqa davlatlar bilan hamkorligi yo‘lga qo‘yilmasa, yaqin istiqbolda umumbashariy kollaps, global tanglik yuz berishi ehtimoldan holi emas. Radioaktiv chiqindilar, suv va havo resurslarining sanoat chiqindilari bilan ifloslantirilishi, yerlarning cho‘lga aylanishi (ayniqsa, Orol muammosi), o‘rmonlarning kamayib ketayotganligi, boshqa noma’qul oqi- batlar hozirgi vaqtda insoniyat hayotida yuzaga kelgan real xavfdir. Bu borada davlat miqyosida faoliyat olib borish zaruriyati – shak-shubhasiz, davr talabi- dir. Davlatning bu sohadagi funksiyasi evolyutsiyasi boshqa sifat darajasiga ega bo‘lmoqda, ekologiyani mo‘tadil saqlab qolish uchun iqtisodiy, ma’muriy, huquqiy vositalar va uslublar orqali majburiy, qat’iy choralar ko‘rishni talab etmoqda. Jahon iqtisodiyotining baynalmilallashuvi, ijtimoiy manfaatlarning mush- tarakligi, transmilliy kompaniyalarning paydo bo‘lishi va hukmronligi, jahon ahamiyatiga molik boshqa iqtisodiy omillar davlat funksiyalari evolyutsiyasiga ta’sir ko‘rsatayotgan yana bir jiddiy sohadir. Hozirgi jahon davlatlarining ak- sariyati tashqi iqtisodiy faoliyatda ziddiyatlardan hamkorlik va sherikchilikka olib boradigan yo‘lni bosib o‘tmoqdalar. Jamiyat axborotlashuvining kuchayib borayotganligi, ma’lumotlar baza- lari, global axborot tizimlarining yaratilishi, umumjahon axborot makoni – Internet tizimining shakllantirilishi ham davlat funksiyalarining yangi evol- yutsiyasini keltirib chiqarmoqda. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan funksiyalarning rivojlanish tendensiyalari shubhasiz hozirgi zamon davlatlariga, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasiga, uning funksiyalari mazmuniga u yoki bu darajada daxldordir. Shunday qilib, Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling