Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Davlatning tashqi funksiyalari


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Davlatning tashqi funksiyalari – 
davlat xalqaro maydonda olib boradigan faoli-
yatining asosiy yo‘nalishlaridir. Bunday faoli-
yat boshqa davlatlar bilan ijobiy munosabatlar o‘rnatish va ularni saqlash hamda 
ehtimol tutilgan tashqi tajovuzdan mamlakatni mudofaa qilishni ta’minlashdan 
iborat davlatning tashqi vazifalarini hal etishga qaratilgan. Shunga ko‘ra dav-
latning tashqi funksiyalari: jahon hamjamiyatining 
barcha davlatlari bilan 

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-yil, 17-son, 287-modda.

Хalq so‘zi, 2017-yil 30-may.
Davlatning tashqi 
funksiyalari
4-§.
8–18-8


114
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
o‘zaro manfaatli hamkorlik va tashqi hujumlardan mamlakatni mudofaa 
qilish kabi ikki asosiy funksiyaga bo‘linadi.
Boshqa davlatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish – dav-
latning iqtisodiy, siyosiy, madaniy va muayyan davlatning manfaatlarini bar-
cha davlatlarning aniq va umumiy manfaatlari bilan uyg‘unlashtiruvchi teng 
huquqli munosabatlar o‘rnatish hamda ularni rivojlantirishga qaratilgan turli 
xil faoliyatidir. Jamiyat taraqqiyotining hozirgi darajasi alohida olingan har bir 
davlatning va umuman, jahon hamjamiyatining ichki muammolarini yanada 
samarali hal etish uchun barcha taraqqiy etgan davlatlarning xo‘jalik, siyo-
siy va madaniy hayotini integratsiyalashni, ularning umumiy kuch-g‘ayratini 
birlashtirishni talab qiladi. Bunday hamkorlik integratsiya masalalariga keng 
va o‘zaro manfaatli yondashuvni, birgalikdagi sa’y-harakatlar orqali nafaqat 
muayyan mamlakatning, balki hamkorlik barcha ishtirokchilarining manfaat-
lariga mos keladigan eng oqilona yechimlarni topa bilishni taqozo etadi.
Davlatlararo iqtisodiy hamkorlikda xalqaro mehnat taqsimoti, ishlab 
chiqarishni kooperatsiyalash va ixtisoslashtirish, eng yangi texnologiyalarni 
ayirboshlash, tovar aylanmasini muvofiqlashtirish, kredit-moliya aloqalarini 
rivojlantirish muhim o‘rin tutadi. Xalqaro iqtisodiy hamkorlikni umumiy muvo-
fiqlashtirish Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashtirilgan muas-
sasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Iqtisodiy hamkorlik bir-biri bilan hududiy bog‘liq bo‘lgan davlatlar 
hamjamiyati doirasida samarali amalga oshiriladi. Bu fikrimizga Yev-
roosiyo iqtisodiy hamdo‘stligini misol sifatida keltirish mumkin. Ushbu 
hamdo‘stlikning maqsadi: iqtisodiy va siyosiy sohalarda har tomonlama 
hamkorlik, muntazam va bir maromda rivojlanish, turmush darajasini tez-
roq oshirish, davlatlarning mazkur hamkorligiga kirgan xalqlarning aloqa-
lari yanada jipslashuviga erishishdan iboratdir. Bu davlatlar savdo sohasiga 
taalluqli barcha cheklovlarga o‘zaro barham berish; uchinchi mamlakatlar 
bilan savdo-sotiq qilishda umumiy bojxona tarifini kiritish; odamlar, kapital 
(sarmoya)lar va xizmatlarning erkin harakatlanishiga halal beruvchi barcha 
to‘siqlarni bartaraf etish, transport, energetika va xo‘jalik sohasida umu-
miy siyosat yuritish; raqobatning yagona qoidalarini belgilash va boshqa 
shu kabilar haqida kelishib olganlar. Hamjamiyat doirasida bir qator kredit 
uyushmalari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ular zimmasiga umumiy iqti-
sodiy va ijtimoiy siyosat tadbirlarini (investitsiya banki, taraqqiyot fondi va 
boshqalar) moliyalashtirish vazifasi yuklatilgan.
Iqtisodiy hamkorlik davlatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama shartnomalar 
asosida ham amalga oshiriladi. Biroq, bunday hamkorlik faqat mazkur davlat-
larning iqtisodiy imkoniyatlari doirasida chegaralanadi. 



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling