Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

86
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
hokimiyati vorislik asosida bir avloddan ikkinchi avlodga meros bo‘lib o‘tadi. 
Hokimiyatni bir shaxsdan ikkinchisiga o‘tishiga xalqning hech qanday aloqasi 
bo‘lmaydi, hokimiyatning hukmdor tomonidan egallanishi va uning faoliyat 
ko‘rsatishi maxsus marosimlar orqali amalga oshiriladi. Monarx muddatsiz
umrbod hokimiyat egasi hisoblanadi. Lekin, monarxlar ag‘darib tashlangan-
ligi, o‘ldirilganligi, boshqa kishilar bilan almashtirilganligiga tarixda misollar 
ko‘p. Monarx siyosiy boshqaruvda mas’uliyatdan ozod hisoblanadi, ya’ni u o‘z 
boshqaruvi natijalari uchun yuridik va siyosiy javobgar hisoblanmaydi. Hukm-
dor qoidaga ko‘ra, qurolli kuchlarning bosh qo‘mondoni hisoblanadi. Masalan, 
1809-yildagi Shvetsiya davlat boshqaruvi to‘g‘risidagi qonunda Qirolning xatti-
harakatlari qonunga kirmaydi, deb ko‘rsatilgan.
Monarxiyaning uch turi mavjud: 
mutlaq monarxiya, cheklangan monar-
xiya va noan’anaviy monarxiya.
Davlat hokimiyati boshqa bironta idora vakolatlari bilan yoki qonunlar 
asosida cheklanmagan holda amalga oshirilsa, bunday monarxiya mutlaq 
monarxiya deyiladi. 
Mutlaq monarxiya boshqaruv shaklida davlat boshlig‘i hokimiyatdan 
muddatsiz, ya’ni umrbod foydalanadi, taxtni meros yoki qarindoshlik senzi 
bo‘yicha egallaydi hamda o‘z xatti-harakatlari uchun qonun yoki biror davlat 
organi oldida javobgar bo‘lmaydi, balki faqat xudo oldida mas’uliyatning 
mavjudligida namoyon bo‘ladi. Mutlaq monarxiyaning o‘ziga xos yana bir xu-
susiyati shundaki, mazkur boshqaruv shakliga asoslangan davlatlar qonunlari-
da davlat boshlig‘i, ya’ni monarx tomonidan qabul qilingan qonun yoki boshqa 
turdagi huquqiy hujjatning biror-bir shaxs tomonidan bajarilmasligi holatida u 
faqat yuridik javobgarlikka tortilibgina qolmay, balki monarx xudoning yerdagi 
vakili hisoblangani uchun uning amrini bajarmaslik katta gunoh sanaladi va 
xudoning qahriga uchraydi hamda inson o‘limidan so‘ng narigi dunyoda xudo 
oldida ham javob berishi haqida uqtiriladi. Monarx hokimiyati ilohiylashtirilgan 
shaklda namoyon bo‘ladi.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling