Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Siyosiy (davlat – huquqiy) rejim


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Siyosiy (davlat – huquqiy) rejim davlat hokimiyatini amalga oshirish 
usullari (metodlari) va vositalari yig‘indisidir. Davlat hokimiyatini amalga 
oshirish usul va vositalari toifasiga ko‘ra 
demokratik va avtoritar siyosiy 
rejimlar farqlanadi.
Lekin shuni ta’kidlash joizki, bular hozircha davlat shaklini tushunishga 
bo‘lgan umumiy yondashuv, ilk tanishuvdir. Uni batafsilroq tushunish uchun 
davlat shaklini tashkil etuvchi har uch jihatni diqqat bilan o‘rganish, ularning 
o‘zaro bog‘liqligi, o‘zaro ta’sirini kuzatish hamda nazariy, siyosiy-huquqiy ta-
fakkur yuz yillar davomida davlatni o‘rganar ekan, davlat shaklining aynan 
shunday mazmunini nega alohida ajratib ko‘rsatganligini tushunishga harakat 
qilish lozim.
Davlat shaklini bunday tushunishning shunchaki tarkib topmaganligi va 
ayrim olimlarning hozir ham unga qo‘shilmasliklarini qayd etib o‘tish joiz. 
Uzoq vaqt davomida davlat shakli boshqaruv shakli va davlat tuzilishi shakli-
dan (biz keltirgan tarkibdan dastlabki ikkitasidan) iborat deb hisoblab kelingan. 
Keyinchalik unga siyosiy idora usuli qo‘shilgan. 
«Davlat shakli» va «siyosiy 

Ильин И. О грядущей России. Избранные статьи. – М., 1993. – 27-bet.


84
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
idora usuli» o‘rtasiga tenglik alomatini qo‘yuvchilar ham, bunga asos ham 
bo‘lgan. Buni keyinroq 
«siyosiy (davlat) idora usuli» tushunchasini bataf-
sil ko‘rib chiqish vaqtida mufassal izohlab o‘tamiz. Shunga qaramay, hozirgi 
kunda davlat hokimiyati tashkiloti uch qism – boshqaruv, davlat (ma’muriy-
siyosiy) tuzilishi hamda davlat (siyosiy) idora usuli – birligidan tashkil topadi
degan fikr keng tarqalgan.
Davlat shakli davlat hokimiyatining qanday prinsiplarga asosan tashkil 
etilganligini va hududiy jihatdan qay tartibda tuzilganligini umumiy, yaxlit 
tarzda ifodalaydi. Davlat shakli davlatning asosiy organlari (parlament, hu-
kumat, davlat boshliqlari)ning faoliyat tartibi va ular o‘rtasidagi munosabat-
lar prinsiplarini, davlatning tarkibiy qismlari va ularning yuridik mavqelarini, 
shuningdek davlat hokimiyatini amalga oshirish metodlarini hamda fuqarolar 
bilan munosabatlaridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita aloqalarini tavsiflaydi.
Davlatning mohiyatini tushunishda 
davlat boshqaruvi shakli alohida ahamiyatga 
ega. Boshqaruv shakli davlat hokimiyatini 
tashkil etish tartibi va mazmunini anglatadi.
Davlat shakllarini o‘rnatish masalasiga turli nuqtayi nazarlardan turib 
yondashish mumkin. Ilmiy-tahlil (gnoseologik) yondashuvi davlat shakllarini 
o‘rganishda davlat shakllari bilan uning tuzilishi hamda mohiyati o‘rtasidagi 
aloqadorlikni ochib beradi. Bu masala bilan asosan davlat va huquq nazariyasi 
fani shug‘ullanadi.
Davlatning tashkil topish chog‘idagi shart-sharoitlar (masalan, AQSh davlati 
hududiy-siyosiy qurilishining federativ shakli), tarixiy an’analar (Buyuk Britani-
yadagi monarxiya), ichki siyosiy kuchlar kurashi (qator Afrika davlatlarida dav-
lat shakllarining bir necha marta o‘zgartirilishi), jamiyat ma’naviy – mafkuraviy 
tizimida diniy-axloqiy qadriyatlarning hukmronlik qilishi (Erondagi teokratik 
respublika) kabilar davlat shakliga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu jarayonga subyektiv 
omil ham ta’sir etishi mumkin. Masalan, general Sharl de Golning Fransiyadagi 
Beshinchi Respublika institutlariga ko‘rsatgan ta’sirini eslashning o‘zi kifoya.
Davlat shakli tushunchasi davlat hokimiyatini tashkil etishning eng 
muhim jihatlarini qamrab olganligi bois, o‘z mazmuniga ko‘ra ancha murakkab 
hodisadir. Bu tushuncha qaysi organlar davlat hokimiyatini ifoda etishini, bu 
organlarning shakllanish tartibini, ular vakolatlari ko‘lami va muddatlarini, 
davlat organlari (mahalliy va markaziy organlar) o‘rtasidagi munosabatlarni, 
va nihoyat, davlat hokimiyatini amalga oshirishning usul va vositalarini qam-
rab oladi.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling