Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

73
III bob.
 Davlat haqida
umumiy ta’limot
tuzumi davrida sinfiylik nuqtayi nazaridan ta’riflangan. U «sinfiy jamiyatning 
siyosiy tashkiloti» sifatida talqin etilgan.
O‘tgan asr 80-yillarining o‘rtalaridan boshlab, davlatni ta’riflashda 
umumijtimoiy jihatni ko‘rsatish tomon siljish boshlandi va sinfiylikka berilgan 
urg‘u asta-sekin umum-ijtimoiy jihat tomonga surila bordi.
Yurisprudensiyada davlat belgilari 
masalasi huquqshunos olimlarning doimiy 
tadqiqot obyekti bo‘lib kelgan. Zero, davlat 
jamiyatning siyosiy tizimiga kiruvchi boshqa tashkilotlardan o‘ziga xos bir 
qator belgilari bilan farq qiladi. Olimlarning davlat belgilari xususidagi fikr-
mulohazalari, dunyoqarashlari va yondashuvlari turlichadir. 
«Oila, xususiy mulk va davlatning kelib chiqishi» nomli asar muallifi –
F. Engels davlatning asosiy belgilari sifatida aholining hududiy bo‘linishi, 
ommaviy-siyosiy hokimiyat hamda soliqlar tizimining joriy etilishini ko‘rsatib 
o‘tgan. G.F. Shershenevich ham shunga o‘xshash uch belgi: «a) odamlarning 
birlashuvi; b) ular ustidan hukmronlik qiluvchi hokimiyat; v) shu hokimiyat 
ta’sir doirasidagi hudud»ni sanab o‘tgan.
Z.M. Islomov o‘z asarlarida davlatning umume’tirof etilgan belgilari sifa-
tida fuqarolik, suveren hokimiyat, yuridik kuchga ega bo‘lgan qonunlar, davlat 
funksiyasini bajarish uchun lozim bo‘lgan moddiy vositalar, mamlakatda qo-
nuniylik va huquqiy-tartibotni o‘rnatuvchi huquqni muhofaza qiluvchi organlar 
(sud, prokuratura, politsiya va h.k), hududiy yaxlitlikni ta’minlovchi qurolli 
kuchlarni sanab o‘tadi
1
.
Ba’zi ilmiy adabiyot va darsliklarda davlatning asosiy belgilari sifatida davlat 
suvereniteti, davlatning nomi, bayrog‘i, gerbi, poytaxti va konstitutsiyasining 
mavjudligi ham qayd etilgan. Biroq, bunday fikrlarni quvvatlab bo‘lmaydi. Dav-
lat bayrog‘i, gerbi, madhiyasi belgi-xususiyat emas, balki davlatning ramzlari-
dir. Davlatning nomi uning mavjudligi va mohiyatini belgilaydigan omil emas. 
Davlatning poytaxti ham o‘zgarib turishi mumkin. Va nihoyat, konstitutsiya 
ham davlatning mavjudlik sharti emas. Masalan, Buyuk Britaniyaning konsti-
tutsiyasi yo‘q, ammo u davlatlik sifatlarini yo‘qotgan emas. Konstitutsiyalar 
paydo bo‘lgunga qadar ham davlatlar mavjud bo‘lgan.
Davlat belgilari xususida huquqshunos olimlarning fikr va mulohazalari, 
yondashuvlari turli-tumanligi fanni boyitishga va bu sohadagi bilimlarni 

Qarang: Islomov Z.M. Davlat va huquq nazariyasi. – T., 2007. – 180–181-betlar; Davlat va huquq 
nazariyasi // professorlar Х.B. Boboyev va H.T. Оdilqoriyevlarning umumiy tahririda. – T., 2000. – 76-bet.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling