Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Umumfarovonlik davlati nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Umumfarovonlik davlati nazariyasi. Bunday nazariya ikkinchi jahon 
urushidan keyin vujudga kelgan bo‘lib, davlatning ijtimoiy hayotga aralash-
masligiga oid oldindan mavjud ta’limotga qarshi chiqadi. Bunda huquqbuzarlik 
holatlari istisno etiladi («Davlat – tungi qorovul» nazariyasi). Uning mohiyati 
30-yillarda D. Keyns tomonidan ta’riflab berilgandi. D. Myurdal, A. Sigu, K. 
Boulding, V. Mund va boshqalarning asarlarida bu nazariya yanada rivojlan-
tirilgan.
Mazkur nazariyaning bosh g‘oyasi shundan iboratki, unda davlat barcha 
sinflardan ustun turib, aholi barcha qatlamlari manfaatlarini ifodalaydi, umum-
farovonlikni ta’minlaydi. Rivojlangan mamlakatlarning aholi turmush darajasi-
ni yuksaltirish, ijtimoiy, madaniy va boshqa sohalarda yirik davlat dasturlarini 
amalga oshirishdagi ulkan muvaffaqiyatlari ushbu nazariyaning yuzaga kelishiga 
sabab bo‘ldi. Mazkur nazariya davlat faoliyatining asosiga inson manfaatlarini 
qo‘yish bilan har bir shaxsning qadr-qimmatiga e’tiborni jalb etadi.
Bizning nazarimizda, ushbu nazariyaning ijobiy jihatlari umuminsoniy
qadriyatlar, inson manfaatlari va huquqlari ustuvorligi uning asosiga qo‘yilganligi 
bilan belgilanadi. Uning kamchiligi esa, nimalar va kimlar evaziga bunga 

Karimov I.А. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. – T.: «O‘zbekiston», 1996. – 20-bet.


72
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
erishish mumkinligini ko‘rsatib bera olmaganidadir. Mabodo, ekspluatatsiya 
markazini yarim mustamlaka va rivojlanayotgan mamlakatlarga ko‘chirish 
nazarda tutiladigan bo‘lsa, bunday «farovonlik» nazariyasining e’tiborni tortishi 
amri mahol
1
.
Davlatning normativistik nazariyasi. Mazkur ta’limotning yorqin 
namoyondalaridan biri avstriyalik mutafakkir Gans Kelzen (ayni vaqtda legis-
tik yondashuv vakili) davlat tushunchasini quyidagi ma’nolarda tavsiflaydi:
Birinchidan, davlat avvalo sof yuridik yondashuv nuqtayi nazaridan ko‘rib 
chiqilmog‘i lozim. U yuridik shaxs, «huquqiy fenomen», o‘ziga xos korporatsiya 
sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Davlat millat miqyosidagi huquqiy tartibdir. 
Yuridik fenomen sifatidagi davlat bilan huquq o‘rtasidagi munosabatga xuddi 
huquq bilan individum o‘rtasidagi munosabat tarzida qaralmog‘i kerak. Kelzen-
ning fikricha, davlat huquqni o‘rnatishi yoki sanksiyalashdan qati nazar, xuddi 
individdek bo‘lishi, ya’ni o‘z xatti-harakatida huquq bilan bog‘liq bo‘lishi lozim.
Ikkinchidan, davlat tushunchasi sotsiologik ma’noda xam ishlatilishi 
mumkin. Bu tarzda davlatga kandaydir «sotsiologik birlik», huquqiy tartib va 
huquqiy reallikdan mustaqil mavjud bo‘lgan «sotsial reallik» sifatida ham 
qaralishi mumkin. Sotsiologik nuqtayi nazardan qaraganda davlat uchun xos 
bo‘lgan jihat – uning jamiyatni boshqarish yuzasidan vakolatlarining bir 
qancha organlarga berilganligi, bir qator organlar qo‘lida to‘planganligidir. Shu 
bois jamiyatda hokimiyat vakolatiga ega bo‘lgan bir necha tuzilmalar mavjud.
Uchinchidan, davlat tushunchasi jonli, tabiiy organizm sifatida ham bel-
gilanishi mumkin. Bu yondoshuvga asoslangan holda, davlat «sotsial biologik 
shakl» sifatida namoyon bo‘ladi. Kelzenning bu qarashlari davlatning paydo 
bo‘lishi to‘g‘risidagi organik nazariya tarafdorlari tomonidan qo‘llanilgan.
To‘rtinchidan, Kelzen va uning tarafdorlari davlatni «normalar tizimi», 
«normativ tartib», «siyosiy tashkillashgan jamiyat» «davlat-hokimiyat» deb bel-
gilashgan, ta’riflashgan. Kelzenning fikricha, davlat siyosiy xususiyatga ega, 
va u avvalo siyosiy tashkilot sifatida namoyon bo‘ladi, chunki u «majburlov, 
kuch ishlatish tartibini» belgilaydi, zero u «kuch ishlatishga bo‘lgan monopol 
huquqqa ega»
2
.
Yana bir yondashuv – «huquqiy davlat» nazariyasiga alohida bobda mu-
fassal to‘xtalamiz.
Shunday qilib, davlatning ijtimoiy hodisa sifatida murakkabligi, uning 
turfa talqini, uning tushunchasining turlichaligini belgilaydi. Shu bois turli 
davrlarda davlatni turlicha tushunish mavjud bo‘lgan. Davlatni sobiq sovet 

Islomov Z.M. Davlat va huquq: umumnazariy masalalari. – T., 2000. – 100–101-betlar.

Qarang: Проблемы теории государства и права / Под. ред. проф. М.Н. Марченко. – М.: Юристь, 
2004. – 74-bet.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling