Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


boshqaruv va boshqarilish


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

boshqaruv va boshqarilish mavjud. Boshqaruv esa o‘ziga nisbatan 
ma’lum bo‘ysunishni, tobelikni talab etadi. Demak, hokimiyat bo‘ysunish va 
zarur bo‘lganda majburlash elementlari orqali amalga oshiriladi. Ma’lum obro‘ 
(avtoritet) va bo‘ysunishsiz boshqarish mumkin emas. 
Avtoritet (hokimiyat vakolatlari tufayli erishiladigan mavqe) itoat 
etuvchilarga hukmron irodaning o‘tkazilishidir. Ikkinchi tomondan, avtoritet 
itoat etilishini nazarda tutadi
4
. Hukmronlikka erishishda majburlash, zo‘rlik 
ishlatish, ishontirish, rag‘batlantirish, tarbiya kabi turli usul va vositalardan 
foydalaniladi. Hokimiyatning alohida ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan 
turi davlat hokimiyatidir. Davlat hokimiyati ommaviy-siyosiy xususiyatga ega 
bo‘lib, asosiy ijtimoiy vazifasi jamiyatni uyushtirish va boshqarishdan iborat. 

Qarang: Цицерон М.Т. О государстве // Мухаев Р.Т. Хрестоматия по теории государства и 
права, политологии, истории политических и правовых учений. – М., 2000. – 74-bet.

Qarang: Макиавелли Н. Государь. Пер. с англ. – М., 1990. – 29–30-betlar.

Qarang: Кейзеров Н.М. Власть и авторитет. – М., 1973. – 38-bet.

Маркс К., Энгельс Ф. Соч. Т.18. – 302-bet.
5–18-8


66
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
U muayyan tashkiliy shakllarda namoyon bo‘ladi, maxsus usullar va vositalar 
bilan amalga oshiriladi.
Hozirgi zamon demokratik jamiyatlarida davlat hokimiyati huquq 
vositasida, konstitutsiya tarzidagi qonunlarda institutsional ko‘rinishda 
rasmiylashtiriladi.
Hokimiyat har qanday ijtimoiy birlikning faoliyat ko‘rsatish sharti (vosi-
tasi)dir. Bunda hokimiyat ushbu hamjamiyatga mansub shaxslarning undagi 
yagona rahbariy irodaga bo‘ysinuvi munosabatlari tarzida namoyon bo‘ladi. 
Bayon qilingan mulohazalar asosida hokimiyatning quyidagi ta’rifini taklif 
etish mumkin. 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling